Ko‘pchilik startap muvaffaqiyatsizligini g‘oya xatosi yoki mablag‘ yetishmasligi bilan bog‘laydi, biroq tahlillar boshqa natijani ko‘rsatmoqda. Harvard Business School professori Noam Wasserman 10 000 dan ortiq loyihani o‘rganib, startaplarning 65 foizi aynan asoschilar o‘rtasidagi ziddiyat, ishonchsizlik va kadrlar tanlovidagi xatolar tufayli yopilishini aniqladi. Mahsulot yoki bozor bilan bog‘liq texnik xatolar esa 35 foiz holatda loyihani to‘xtatishga sabab bo‘ladi.
CB Insights tadqiqotiga ko‘ra, “not the right team” omili (23%) bozordagi talab yo‘qligidan keyingi asosiy sababdir. Shu bilan birga, jamoaviy startaplar yakka asoschilarga nisbatan 163 foiz ko‘proq daromad keltiradi.
Xulosa shuki, startaplarning 2/3 qismi jamoaviy inqiroz tufayli faoliyatini to‘xtatadi. Mahsulot sifatli bo‘lsa-da, jamoa kuchsiz bo‘lishi mag‘lubiyatga olib keladi.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
