Safar davomida hududdagi innovatsion ekotizim drayverlari, ishlab chiqarish quvvatlari va yangi barpo etilayotgan infratuzilmalar ko‘zdan kechirildi:
📍 Muhandislik ilmiy-ishlab chiqarish markazi (FABLAB):
Qarshi davlat texnika universitetida bunyod etilayotgan ushbu maskan yoshlar uchun g‘oyalarni amaliy prototiplarga aylantirish imkonini beradi. Markaz mahsulotlarni tijoratlashtirish va amaliy ko‘nikmalarni oshirishga xizmat qiladi.
📍 Qarshi Yoshlar texnoparki:
Texnopark infratuzilmasi va yoshlar loyihalari ko‘zdan kechirildi. Startaplarni mentorlik asosida bozorga olib chiqish va moliyalashtirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.
📍 “Turdi muazzam servis” oilaviy korxonasi:
Qarshi innovatsion tumanida yuqori bosimga chidamli isitish qozonlari ishlab chiqarish loyihasi o‘rganildi. Jahon bankining MUNIS dasturi (50 ming AQSh dollari) hisobidan moliyalashtirilgan ushbu korxonada 42 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
📍 “Shohista logo” oilaviy korxonasi:
Ijtimoiy innovatsiyalar yo‘nalishida MUNIS dasturi doirasida moliyalashtirilgan maxsus ehtiyojli bolalar reabilitatsiya markazi faoliyati tahlil qilindi.
Xizmat safari davomidagi yangiliklarni kuzatib borishda davom eting!
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube






