TGViewer
Channel Public Channel
StartUpper

StartUpper

@startupper_uz

🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Subscribers
3.67K
Photos
1.6K
Videos
271
Links
1.3K

Showing posts older than #2167 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #2163 1.06K
🎯 Startap tadbiringiz uchun "to'g'ri" auditoriya qidiryapsizmi?

Ko'pincha tashkilotchilar auditoriya yig'ishda sifatdan ko'ra songa e‘tibor berishadi. Biz esa sizga sifatli va maqsadli ishtirokchilarni kafolatlaymiz.

"Parvoz" loyihasi doimiy ravishda startaplar uchun hakaton, seminar yoki networking tadbirlarini yoritib boradi. Agar siz ham tadbirlaringiz uchun maqsadli auditoriya jalb qilmoqchi bo'lsangiz, hoziroq biz bilan bog'laning

📩 Bog'lanish uchun: @Parvoz_project_admin

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 2
  • ⚡ 1
  • 👍 1
  • 🤝 1
Post #2162 1.39K
🚀 "Kelajak muhandislari" festivaliga start berilmoqda!

Joriy yilning aprel oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan yosh iqtidorlar uchun yilning eng yirik texnologik voqeasi — "Kelajak muhandislari" xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.

Musobaqalar 9 ta yo’nalishda tashkil etiladi:

🔵 Aviatsiya muhandisligi
🔵 Agro texnologiyalar muhandisligi
🔵 Mashinasozlik muhandisligi
🔵 Robot muhandisligi
🔵 Yashil energetika muhandisligi
🔵 Chip dizayn muhandisligi
🔵 Arxitektura muhandisligi
🔵 Tibbiyot muhandisligi
🔵 Energetika muhandisligi

Festival soha mutaxassislari bilan tajriba almashish va mahalliy ishlanmalarni xalqaro darajaga olib chiqish imkonini beradi.

🔗 Batafsil ma’lumot: km.edu.uz

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 3
  • 🔥 3
  • 👏 2
Post #2161 936
StartUpper Bugungi dars + 9 da bonus darsni yopiq kanalga yuklab qo'ydim. Bot orqali yopiq kanalga o'ting va darslarni qo'lga kiriting 😉 Bot: https://t.me/ilm_start_marafon_bot
Yopiq kanalga kirishga ulgurdingizmi?

Ha, albatta -> 🔥
Yo'q, hali -> 💔

Bot: https://t.me/ilm_start_marafon_bot
  • 💔 18
  • 🔥 7
  • ❤ 1
Post #2160 1.65K
#grant

🇺🇿 100 000 000 so‘m mukofot jamg‘armasi

CyberHack
konferensiyasi doirasida o‘tkaziladigan CyberHack CTF 2026 — bu Capture The Flag formatidagi yirik oflayn musobaqa bo‘lib, kiberxavfsizlik bo‘yicha amaliy mahoratingizni real vazifalar orqali sinovdan o‘tkazadi.

Web | kriptografiya | malware tahlili va reverse engineering | digital forensics | OSINT | mobil xavfsizlik | AI yo‘nalishlarida eng kuchli jamoalar aniqlanadi.

Kimlar qatnasha oladi?

🔵 OTM talabalari va maktab o‘quvchilari
🔵 4 kishilik jamoa (kapitan + 3 ishtirokchi)
🔵 Har bir ishtirokchi faqat bitta jamoada qatnashadi
🔵 Maksimal 50 ta jamoa (joylar cheklangan)

🔵Ro‘yxatdan o‘tishni jamoa kapitani amalga oshiradi.
🔵Har bir ishtirokchi uchun talabalik guvohnomasi yoki OTMdan rasmiy xat talab etiladi.
🔵Shaxsiy noutbuk bilan kelish majburiy.


🗓 28-fevral 2026
📊 09:00–19:00
📍 New Uzbekistan University
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: havola

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 4
Post #2159 1.77K
#mezon

“Mirzo Ulug‘bek vorislari“ Respublika tanlovi ishtirokchilarining loyihalarini baholash mezoni

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤‍🔥 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
  • 🤝 1
Post #2158 1.16K
StartUpper Dars rekordinggi kerakmi?
Bugungi dars + 9 da bonus darsni yopiq kanalga yuklab qo'ydim.

Bot orqali yopiq kanalga o'ting va darslarni qo'lga kiriting 😉

Bot: https://t.me/ilm_start_marafon_bot
  • ❤ 2
  • 🔥 2
Post #2156 1.1K
Dars yoqdimi? 🔥
  • 🔥 18
  • ⚡ 4
  • 👍 3
  • 💯 3
  • ❤‍🔥 2
Post #2146 1.58K
#foydali

🚀 Startap boshlamoqchi bo‘lganlar uchun bitta zo‘r instrument topdim

Ko‘pchilikda zo‘r g‘oya bo‘ladi, lekin ishni nimadan boshlashni bilmay oylarini yo‘qotadi. Yoki bo‘lmasa, "mening g‘oyam dunyoni portlatadi" deb o‘ylab, hech kimga kerak bo‘lmagan narsani qurishga pul va vaqt sarflab yuboradi. Mana shu chalkashliklarni tartibga solish uchun ThinkUp Workspace degan platformasi taqdim etamiz.

Xo‘sh, u qanday foyda beradi?

🔸 Miyangizdagi tartibsiz fikrlarni tizimli biznes modelga aylantirishga yordam beradi.
🔸 AI yordamida bozor va auditoriyani tahlil qilib, xatolaringizni ko‘rsatib beradi.
🔸 Pitch deck yoki biznes-reja tayyorlashda qiynalsangiz, platforma buni xalqaro standartlar asosida shakllantirishga ko‘maklashadi.


Hali g‘oya darajasida yurgan bo‘lsangiz yoki loyihangizni qayerga qarab haydashni bilmayotgan bo‘lsangiz, kirib ko‘ring.

🔗 Havola: workspace.thinkup

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 2
  • ⚡ 2
  • 👍 1
  • 🤝 1
Post #2145 1.74K
📢 Bugun soat 20:00 da ko‘rishamiz!

"Mirzo Ulug‘bek vorislari" tanlovining tuman va viloyat bosqichlariga qanday tayyorlanishni bilmoqchimisiz? Unda bugungi "Parvoz" loyihasi darsini o‘tkazib yubormang.

👤 Spiker: Erkin Danaboyev
📊 Vaqt: 20:00
📍 Manzil: Telegram ovozli chat

📌 O‘tkazib yubormaslik uchun hozirdan kanalni pin qilib qo‘ying!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 3
  • 🔥 2
  • ❤‍🔥 1
Post #2144 1.08K
🌎 Butun dunyo dasturchilari foydalanayotgan Cursor — endi Xorazmda

Dunyo IT bozorida 30 mlrd dollarga baholanayotgan va dasturlash tezligini bir necha barobar oshirgan Cursor AI-editori endi Xorazmda. Hozirda hatto Y Combinator kabi gigant akseleratorlar ham ushbu vosita orqali yaratilgan startaplarga asosiy e’tiborni qaratmoqda. Uchrashuvda mazkur texnologiyaning imkoniyatlarini tahlil qilinadi.

Tadbir tafsilotlari:


🗓 Sana: 22-fevral, soat 11:00
📍 Manzil: Al-Xorazmiy Universiteti
🔗 Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: https://luma.com/uhbfp8mo

Global IT hamjamiyati allaqachon Cursor’ga o‘tib bo‘ldi. Siz hali ham eski uslubda kod yozyapsizmi?

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ⚡ 3
  • 🔥 2
  • 🤝 2
Post #2143 2.35K
#inno_yangilik

🤖 Ayollarning orzusi ushaldi!

Ko‘pchilik robotlar ish o‘rnimizni egallab olishidan xavotirda edi. Ular esa oshxona tomonga qarab “harakatlana boshladilar“.

Endi ayollar oshxona yumushlarini “temir oshpaz“ga topshirib, ko‘proq vaqtlarini oilalari va farzandlariga ajratishlari mumkin.

Gap shundaki, Xitoyning STAR1 roboti eng charchatadigan va vaqt oladigan oshxona ishlarini “egallamoqda“ .

U xamir bilan ishlashni, chuchvara tugishni va hatto uni mustaqil pishirishni ham uddalayapti.

Siz-chi bu yangilik haqida qanday fikrdasiz? Izohlarda yozib qoldiring.


🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 3
Post #2142 1.05K
#foydali

🚀 Y Combinator: 2026-yil bahori uchun istiqbolli yo‘nalishlar

Y Combinator o‘zining "Request for Startups" (Startaplar uchun so‘rovnoma) ro‘yxatini yangiladi. Unda 2026-yilda investitsiya kiritilishi kutilayotgan asosiy texnologik trendlar belgilab berilgan:

🔸 Mahsulot menejerlari uchun "Cursor"
Foydalanuvchilar bilan o‘tkazilgan intervyular va tahliliy ma’lumotlarni aniq mahsulot rejalariga (roadmap) va tayyor funksiyalarga aylantiruvchi SI vositalari.

🔸 SI-native agentliklar
Dizayn, marketing yoki yuridik xizmat ko‘rsatuvchi, jarayonlari to‘liq dasturiy ta’minotga asoslangan va rentabelligi yuqori bo‘lgan yangi avlod agentliklari.

🔸 SI-native xej-fondlar
Moliyaviy hisobotlarni o‘rganish, bozor signallarini tahlil qilish va savdolarni amalga oshirish jarayonlari to‘liq SI agentlari tomonidan boshqariladigan investitsiya fondlari.

🔸 LLM’larni o‘rgatish infratuzilmasi
Katta ma’lumotlar to‘plami (datasets) bilan ishlash va murakkab tilli modellarni o‘rgatish jarayonini soddalashtiruvchi texnologiyalar.

🔸 Davlat boshqaruvi uchun SI
Davlat organlarida ortib borayotgan ish yuklamasini kamaytirish, jarayonlarni tezlashtirish va xarajatlarni optimallashtirishga qaratilgan yechimlar.

🔸 Steblkoin (Stablecoin) moliyaviy xizmatlari
Transchegaraviy to‘lovlar va investitsiyalar uchun steblkoinlar asosida qurilgan yangi moliyaviy tizimlar.

🔸 Firibgarlikni aniqlash infratuzilmasi
Korrupsiyaga oid dalillar, tartibsiz hujjatlar va murakkab korporativ zanjirlarni tizimlashtirish orqali davlat idoralariga yordam beruvchi platformalar.

🔸 Zamonaviy metallurgiya zavodlari
Eski po‘lat va metall ishlab chiqarish tizimlarini avtomatlashtirish hamda energiya samaradorligini oshirish loyihalari.

🔸 Yirik fazoviy modellar (Large Spatial Models)
2D va 3D makonni tushunadigan, jismoniy obyektlar harakatini tahlil qila oladigan SI tizimlari.

🔸 Jismoniy ishlar uchun SI yo‘riqnomalari
Kamera va datchiklar yordamida ishchilarga real vaqt rejimida bosqichma-bosqich ko‘rsatma beruvchi "aqlli" yordamchilar.


Manba: Y Combinator

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 1
Post #2141 1.03K
Donald Tramp: “Shavkat Mirziyoyev — mening do‘stim, mamlakatingizda ishlar zo‘r ketyapti, siz zo‘r ketyapsiz!”

AQSH prezidenti Tinchlik kengashining birinchi sammitida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni alohida e’tirof etdi.

Tramp aytganidek biz zo‘r ketyapmiz, qadrli startapchilar 😎

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • 😁 11
  • ❤‍🔥 3
  • ⚡ 3
  • ❤ 2
Post #2140
Live stream scheduled for Feb 21 at 15:00
Post #2139 16.1K
🔵 “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanloviga ro‘yxatdan o‘tdingiz va tez orada keyingi bosqichlar boshlanadi.

“Parvoz” loyihasi doirasidagi darsimiz tanlovning tuman (shahar) bosqichlari va viloyat bosqichini o‘tkazish tartibi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

👤 Spiker: Erkin Danaboyev
Samarqand viloyati Innovatsion rivojlanish bo‘linmasi bosh mutaxassisi

🗓 Sana: 21-fevral
📊 Vaqt: 20:00
🎤 Format: Telegramda ovozli chat

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 5
  • 👍 2
  • 😁 2
Post #2138 1.1K
StartUpper 🔵“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi uchun arizalar qabuli davom etmoqda Agar siz 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan, o‘zining ilmiy g‘oyasi yoki innovatsion ishlanmasiga ega iqtidorli yoshlardan biri bo‘lsangiz, ushbu tanlov aynan siz uchun. Tanlovda ishtirok…
🔵 Biz nafaqat imkoniyat beramiz, balki unga olib boradigan yo‘lni ham ko‘rsatamiz.

Keyingi muhim yangilimiz, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi haqida bo‘ladi 😉
  • ❤‍🔥 1
  • ❤ 1
Post #2137 36.7K
🔵“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi uchun arizalar qabuli davom etmoqda

Agar siz 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan, o‘zining ilmiy g‘oyasi yoki innovatsion ishlanmasiga ega iqtidorli yoshlardan biri bo‘lsangiz, ushbu tanlov aynan siz uchun.

Tanlovda ishtirok etish uchun:

✅ www.vorislar.uz saytiga kiring.
✅ Shaxsiy ma’lumotlaringiz va loyihangiz haqidagi ma’lumotlarni kiritib, ro‘yxatdan o‘ting.
✅ Arizangizni 2026-yil 25-fevral soat 18:00 ga qadar yuborishga ulguring.

G‘oliblar qanday mukofotlanadi?

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi va har bir bosqichda g‘oliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

🔵 Tuman va shahar bosqichi: 5 nafar g‘olibning har biriga BHMning 5 baravari miqdorida mukofot beriladi.
🔵 Viloyat va respublika bosqichi: 20 nafar eng yaxshi loyiha egasi BHMning 10 baravari miqdorida pul mukofotini qo‘lga kiritadi.

Imkoniyatni qo‘ldan boy berishni istamasangiz, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 2
Post #2135 977
🌙 "Parvoz" loyihasi jamoasi sizni va yaqinlaringizni muqaddas Ramazon oyi bilan muborakbod etadi!

Ushbu qutlug' oyda tutilgan ro'zalar, qilingan duolar va ezgu amallar ijobat bo'lishini tilaymiz. Qalbingizni xotirjamlik, xonadoningizni esa fayz va baraka tark etmasin. Ma’naviy yuksaklikka intilishda kuch-g‘ayratingiz yanada ziyoda bo'lsin!

Ramazon muborak bo'lsin!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 6
  • 👏 3
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →