Agar siz 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan, o‘zining ilmiy g‘oyasi yoki innovatsion ishlanmasiga ega iqtidorli yoshlardan biri bo‘lsangiz, ushbu tanlov aynan siz uchun.
Tanlovda ishtirok etish uchun:
✅ www.vorislar.uz saytiga kiring.
✅ Shaxsiy ma’lumotlaringiz va loyihangiz haqidagi ma’lumotlarni kiritib, ro‘yxatdan o‘ting.
✅ Arizangizni 2026-yil 25-fevral soat 18:00 ga qadar yuborishga ulguring.
G‘oliblar qanday mukofotlanadi?
Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi va har bir bosqichda g‘oliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
🔵 Tuman va shahar bosqichi: 5 nafar g‘olibning har biriga BHMning 5 baravari miqdorida mukofot beriladi.
🔵 Viloyat va respublika bosqichi: 20 nafar eng yaxshi loyiha egasi BHMning 10 baravari miqdorida pul mukofotini qo‘lga kiritadi.
Imkoniyatni qo‘ldan boy berishni istamasangiz, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube