TGViewer
Channel Public Channel
StartUpper

StartUpper

@startupper_uz

🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Subscribers
3.67K
Photos
1.6K
Videos
271
Links
1.3K

Showing posts older than #2135 · Back to latest

Older Posts 18 shown
Post #2134 860
StartUpper Bugun startap loyihasi borlar va jamoa qidirayotganlar uchun foydali yangilik bo'ladi. Kutib turing... 🔥
✅ GarajHub — Loyihangiz uchun hamkor topishda yordam beradi!

Sizda startap g‘oyasi bormi, lekin uni amalga oshirishga jamoangiz yetishmayaptimi? Masalan, dasturchisiz-u, sizga dizayner kerak yoki g‘oya egasisiz-u, texnik mutaxassis qidiryapsiz.

GarajHub aynan mana shunday maqsadli insonlarni bir-biri bilan bog‘laydi. Loyiha vazifasi — O‘zbekistondagi tadbirkorlar va mutaxassislarga bir jamoa bo‘lib, g‘oyalarini real biznesga aylantirishda ko‘maklashish.

Qanday foydalaniladi?

🔢@GarajHub_bot ga kirasiz.
🔢Kimni qidirayotganingiz yoki loyihangiz haqida e’lon qoldirasiz.
🔢Bot e’lonni tasdiqlaydi va u kanalda chiqadi.

Hozirda xizmat mutlaqo bepul.

Kanal: https://t.me/GarajHub_uz

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 4
Post #2133 634
Bugun startap loyihasi borlar va jamoa qidirayotganlar uchun foydali yangilik bo'ladi.

Kutib turing... 🔥
  • 🔥 9
  • ❤ 4
  • ❤‍🔥 1
  • ⚡ 1
  • 👍 1
  • 🎉 1
Post #2130 793
#seminar

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Navoiy davlat universitetidagi ilmiy hamda startap tashabbusiga ega bo‘lgan talabalar va universitet ilmiy jamoasi uchun seminar-trening tashkil etildi.

Seminar “Akademik harakatchanlik” va “Startap ekotizimida yaratilgan imkoniyatlar” mavzulariga bag‘ishlanib, talabalar uchun grantlar, ilmiy stajirovkalar, startaplarni shakllantirish va investorlar bilan ishlash imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Unda 50 dan ortiq talaba ishtirok etib, o‘z savollariga batafsil javob oldi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 2
  • 🎉 2
  • 🤝 2
Post #2129 1.11K
Agar menda $1000 va bitta noutbuk bo'lganda, qanday startap boshlardim?

Mana sizga startapni qanday qilish bo'yicha 3 ta yo'l:

🔸 1-hafta: Tor muammoni tanlayman.
Hech qanday ofis va xodimlarsiz, men kichik bizneslar (masalan, stomatologiya yoki o'quv markazlari) uchun mijozlar bilan muloqotni AI yordamida avtomatlashtiradigan servisni tanlayman. Muammo aniq — ular mijozlarni kutishda yo'qotyapti.

🔸 2-hafta: MVP (Minimal mahsulot) yig'aman.
Dasturchi yollamayman! Bubble yoki Glide kabi no-code platformalarda 1 haftada birinchi versiyani quraman. Xarajat: maxsimum $200.

🔸 3-hafta: Bozorga chiqish.
Qolgan pulning $400 qismini maqsadli reklama (Target)ga tikaman. Maqsad — kamida 5 ta real mijoz. Ulardan tushgan birinchi daromadni mahsulotni yanada yaxshilashga yo'naltiraman.

👇 Sizda hozir $1000 bo'lsa, qaysi sohada startap boshlagan bo'lardingiz? G'oyangizni yozing, birga tahlil qilamiz!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • 👍 7
  • ❤ 2
Post #2128 626
Agar sizda $1000 va bitta noutbuk bo'lganda, qanday startap boshlardingiz?

Javoblaringizni kommentariyada yozib qoldiring
  • ❤‍🔥 3
  • ❤ 1
Post #2127 671

Forwarded from Financopedia.uz

🌟 FINANCOPEDIA | NAVBATDAGI BIZNES KEYS TADBIRIMIZGA 5 KUN QOLDI!

Hurmatli ishtirokchilar, navbatdagi tadbirimiz boshlanishiga atigi 5 kun qoldi — tayyorgarlikni boshladik!

📍 Tadbirimiz shu viloyatlarda bo’lib otadi:
— Qoraqalpog'iston Respublikasi
— Buxoro Viloyati
— Samarqand Viloyati
— Navoiy Viloyati
— Jizzax Viloyati
— Namangan Viloyati
— Andijon Viloyati

Bu safar oddiy tadbir bo‘lmaydi — yangicha format, ajoyib keys va energiyaga boy atmosfera sizni kutmoqda.

🗓 22-Fevral
⏱ 13:00
📍 Yoshlar ijod Saroyi

Loyihamiz Yoshlar ishlari agentligi va Markaziy Bank tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda

Energiyaga boy atmosfera, yangicha format va Eng Zo'r keyslar tayyor — siz tayyormisiz?

Xalqning moliyaviy savodxonligini rivojlantirish va iqtisodiy bilimlarini yuksaltirish bizning asosiy maqsadimiz!

Telegram | Instagram | Linkedin
  • 🔥 3
  • ❤‍🔥 1
Post #2126 866
🔺 Qarshi shahrida innovatsion startaplar uchun mahorat darsi

UEnter innovatsiyalar markazi American Makerspace Qarshi bilan hamkorlikda barcha startapchilar, talabalar va yangi g‘oyalar ustida ishlayotgan kreativ yoshlarni maxsus mahorat darsiga taklif etadi.

Ushbu vorkshop davomida ishtirokchilar o‘z loyihalarini qanday qilib noldan boshlash, mavjud qo‘llab-quvvatlash dasturlaridan unumli foydalanish hamda mentorlik platformalari orqali tajribali mutaxassislar bilan aloqa o‘rnatish mexanizmlari bilan yaqindan tanishadilar.

Sana: 2026-yil 17-fevral | Vaqt: 15:00 | Manzil: American Makerspace Qarshi |
Mo‘ljal: Qarshi sh., Bunyodkorlik ko‘chasi, 15-uy
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: havola

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • 👏 2
  • ❤ 1
Post #2125 690
StartUpper Samarqandlik startapchilar navbat sizga
Post #2124 2.59K
G‘oyangiz pul olib keladimi yoki yo‘qmi?

Accio — bu startapchilar uchun bozor xaritasidir. Uning asosiy vazifasi — g‘oyangiz pul olib keladimi yoki yo‘qmi, shuni sotuv boshlanmasidan oldin aniqlab berish.

Platformaning asosiy foydalari:

🔵 Talabni amalda tekshirish: Amazon va ijtimoiy tarmoqlardagi real savdo ma’lumotlarini tahlil qilib, mahsulotingizga haqiqiy talab bor-yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu talab yo‘q g‘oyaga bekorga pul tikishdan asraydi.
🔵 Raqiblar tahlili: Raqobatchilarning qaysi mahsuloti yaxshi sotilayotgani va mijozlar nimalardan norozi ekanini fosh qiladi. Siz ularning xatosidan dars olib, yaxshiroq yechim taklif qilasiz.
🔵 Trendlarni egallash: Pinterest va Reddit’dagi qiziqishlar asosida hali ommalashib ulgurmagan, lekin ertaga "portlaydigan" yo‘nalishlarni bugun ko‘rsatib beradi.
🔵 Murakkablikdan qochish: Minglab qatorli statistikani o‘rganib o‘tirmaysiz — tizim hammasini tushunarli grafik va vizual hisobotlarga aylantiradi.


Agar mablag‘ingizni havoga sovurishni xohlamasangiz, iste’molchi ehtiyojlarini sayt orqali o‘rganib chiqing!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 3
  • 🔥 2
Post #2123 685
G‘oyangiz pul olib keladimi yoki yo‘qmi?

Bu savol ko‘plab startap boshlovchilarni o‘ylantiradi. Lekin keyingi xabardan keyin bu haqda o‘ylab ham o‘tirmaysiz 😉
  • ❤ 4
  • ⚡ 1
  • 🎉 1
Post #2122 758
StartUpper 🤖 Humanoid robotlardan navbatdagi yangilik Xitoyning Oltoy mintaqasida o‘tkazilgan sinovlarda Unitree roboti −47°C sovuq haroratda 130 000 qadam bosib, hayratlanarli natija ko‘rsatdi. Robot qorli va murakkab relyef bo‘ylab qariyb 100 km masofani bosib o‘tdi.…
Post #2121 768
🤖 Humanoid robotlardan navbatdagi yangilik

Xitoyning Oltoy mintaqasida o‘tkazilgan sinovlarda Unitree roboti −47°C sovuq haroratda 130 000 qadam bosib, hayratlanarli natija ko‘rsatdi.

Robot qorli va murakkab relyef bo‘ylab qariyb 100 km masofani bosib o‘tdi. Sinov davomida u maxsus himoya kiyimi bilan jihozlandi, bu esa unga o‘ta past haroratda ham barqaror harakatlanish imkonini berdi.

Ushbu muvaffaqiyat humanoid robotning bunday ekstremal sharoitlarda uzoq vaqt davomida operatsiyalarni bajara olishi bo‘yicha dunyodagi ilk hujjatlashtirilgan holatlardan biri sifatida qayd etildi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 1
Post #2120 760
Ish vaqtida issiq ovqat yeyishga ulgurmayapsizmi?

Heatwave Go startapi mikroto‘lqinli pech funksiyasiga ega lanch-boksni yaratdi — u yo‘lda, ishda yoki o‘qishda ko‘p vaqt o‘tkazadiganlar uchun ayni muddao.

Konteyner nafaqat taomlaringizni kun bo‘yi yangi saqlaydi, balki ularni infraqizil nurlar yordamida isitib beradi. Bir porsiya ovqatni isitish uchun bor-yo‘g‘i 15 daqiqa kifoya, kerakli haroratni o‘rnatish va jarayonni kuzatish esa maxsus mobil ilova orqali amalga oshiriladi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Post #2119 837
Muvaffaqiyatli startaplarga xorijda filial ochish va ularni moliyalashtirish uchun yiliga 500 ming dollargacha mablag‘ni alohida qarorlarsiz chetga o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Manba: PQ-59 (11.02.2026)

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • 👍 4
  • ❤ 2
Post #2118 887
Startap studiyalar va inkubatsiya markazlarini tashkil etish uchun 5 mlrd so‘mgacha foizsiz qarz (ssuda) hamda mahalliy dasturlarda qatnashish uchun grantlar ajratiladi.

Manba: PQ-59 (11.02.2026)

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ⚡ 2
  • 🔥 1
Post #2117 764
Nufuzli xalqaro akseleratsiya dasturlarida qatnashish xarajatlarining 50 foizi (20 ming dollargacha) davlat tomonidan qoplab beriladi.

Manba: PQ-59 (11.02.2026)

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 1
  • ⚡ 1
  • 👍 1
Post #2116 879
Startap loyihalarni sinovdan o‘tkazish (MVP yaratish) uchun yilliga 10 ta loyihaga 50 ming dollargacha “R&D” vaucherlari taqdim etiladi.

Manba: PQ-59 (11.02.2026)

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • 👍 3
  • ❤ 2
  • ⚡ 1
Post #2115 681
Keyingi xabar startapi MVP bosqichidagilar uchun 😉

Loading...
  • 🔥 7
  • ⚡ 4
  • ❤ 2
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →