Accio — bu startapchilar uchun bozor xaritasidir. Uning asosiy vazifasi — g‘oyangiz pul olib keladimi yoki yo‘qmi, shuni sotuv boshlanmasidan oldin aniqlab berish.
Platformaning asosiy foydalari:
🔵 Talabni amalda tekshirish: Amazon va ijtimoiy tarmoqlardagi real savdo ma’lumotlarini tahlil qilib, mahsulotingizga haqiqiy talab bor-yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu talab yo‘q g‘oyaga bekorga pul tikishdan asraydi.
🔵 Raqiblar tahlili: Raqobatchilarning qaysi mahsuloti yaxshi sotilayotgani va mijozlar nimalardan norozi ekanini fosh qiladi. Siz ularning xatosidan dars olib, yaxshiroq yechim taklif qilasiz.
🔵 Trendlarni egallash: Pinterest va Reddit’dagi qiziqishlar asosida hali ommalashib ulgurmagan, lekin ertaga "portlaydigan" yo‘nalishlarni bugun ko‘rsatib beradi.
🔵 Murakkablikdan qochish: Minglab qatorli statistikani o‘rganib o‘tirmaysiz — tizim hammasini tushunarli grafik va vizual hisobotlarga aylantiradi.
Agar mablag‘ingizni havoga sovurishni xohlamasangiz, iste’molchi ehtiyojlarini sayt orqali o‘rganib chiqing!
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
