🚀 Y Combinator: 2026-yil bahori uchun istiqbolli yo‘nalishlar
Y Combinator o‘zining "Request for Startups" (Startaplar uchun so‘rovnoma) ro‘yxatini yangiladi. Unda 2026-yilda investitsiya kiritilishi kutilayotgan asosiy texnologik trendlar belgilab berilgan:
🔸 Mahsulot menejerlari uchun "Cursor"
Foydalanuvchilar bilan o‘tkazilgan intervyular va tahliliy ma’lumotlarni aniq mahsulot rejalariga (roadmap) va tayyor funksiyalarga aylantiruvchi SI vositalari.
🔸 SI-native agentliklar
Dizayn, marketing yoki yuridik xizmat ko‘rsatuvchi, jarayonlari to‘liq dasturiy ta’minotga asoslangan va rentabelligi yuqori bo‘lgan yangi avlod agentliklari.
🔸 SI-native xej-fondlar
Moliyaviy hisobotlarni o‘rganish, bozor signallarini tahlil qilish va savdolarni amalga oshirish jarayonlari to‘liq SI agentlari tomonidan boshqariladigan investitsiya fondlari.
🔸 LLM’larni o‘rgatish infratuzilmasi
Katta ma’lumotlar to‘plami (datasets) bilan ishlash va murakkab tilli modellarni o‘rgatish jarayonini soddalashtiruvchi texnologiyalar.
🔸 Davlat boshqaruvi uchun SI
Davlat organlarida ortib borayotgan ish yuklamasini kamaytirish, jarayonlarni tezlashtirish va xarajatlarni optimallashtirishga qaratilgan yechimlar.
🔸 Steblkoin (Stablecoin) moliyaviy xizmatlari
Transchegaraviy to‘lovlar va investitsiyalar uchun steblkoinlar asosida qurilgan yangi moliyaviy tizimlar.
🔸 Firibgarlikni aniqlash infratuzilmasi
Korrupsiyaga oid dalillar, tartibsiz hujjatlar va murakkab korporativ zanjirlarni tizimlashtirish orqali davlat idoralariga yordam beruvchi platformalar.
🔸 Zamonaviy metallurgiya zavodlari
Eski po‘lat va metall ishlab chiqarish tizimlarini avtomatlashtirish hamda energiya samaradorligini oshirish loyihalari.
🔸 Yirik fazoviy modellar (Large Spatial Models)
2D va 3D makonni tushunadigan, jismoniy obyektlar harakatini tahlil qila oladigan SI tizimlari.
🔸 Jismoniy ishlar uchun SI yo‘riqnomalari
Kamera va datchiklar yordamida ishchilarga real vaqt rejimida bosqichma-bosqich ko‘rsatma beruvchi "aqlli" yordamchilar.
Manba: Y Combinator
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
