TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.51K subscribers
Post #9157 1.68K
📖 #StartupDictionary

Traction


📝 Oldingi sonimizda Value Proposition — mahsulotingiz mijozga qanday qiymat berishini aniq ifodalash haqida gaplashgan edik.

Qiymat taklifi shakllandi, mahsulot bozorga chiqdi.
Endi esa investor yoki akselerator sizdan so‘rashi mumkin:

❓ “What’s your traction?”

Ya’ni, bozorda mahsulotingizga talab borligini qanday natijalar bilan ko‘rsata olasiz?

Traction — startapning bozorda erishgan natijalari va o‘sishini ko‘rsatuvchi dalillar.
Traction faqat daromad degani emas.
Startap bosqichiga qarab u quyidagilar orqali namoyon bo‘lishi mumkin:

🟩 faol foydalanuvchilar soni va uning o‘sishi;
🟩 mijozlar va takroriy xaridlar;
🟩 daromad va savdo hajmi;
🟩 pilot loyihalar va shartnomalar;
🟩 hamkorliklar;
🟩 foydalanuvchilarni ushlab qolish darajasi — retention.

Masalan:
“So‘nggi 6 oyda platformaning faol foydalanuvchilari soni 2 000 dan 8 000 gacha o‘sdi, 20 ta kompaniya pullik mijozga aylandi.”


🚀 Kuchli traction startapning g‘oyasi nafaqat qiziqarli ekanini, balki mahsulotga bozorda talab mavjudligini ko‘rsatishga yordam beradi.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 3
  • 👍 1
  • 😍 1
More from @startupbaseuz
  1. Oct 15, 2026☁️ Alibaba Cloud: startapingiz uchun AI tokenlar va bulutli xizmatlar kreditlari kerakmi?…
  2. Oct 15, 2026Post #9250
  3. Oct 15, 2026⚡️ Bootcamp intensiv dasturining Go-to-Market yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! Ma…
  4. Oct 15, 2026💡 «Lekin bunday startap allaqachon bor-ku…» Hozir qayerdadir bir founder shu fikr bilan n…
  5. Oct 15, 2026🌱 Agrobank bilan pilot loyihani ishga tushirish va $500 000 gacha investitsiya jalb qilis…
  6. Oct 15, 2026📖 #StartupDictionary Unit Economics 📝 Oldingi sonimizda Traction — startapning bozordagi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →