Unit Economics
📝 Oldingi sonimizda Traction — startapning bozordagi natijalari va o‘sishini ko‘rsatuvchi dalillar haqida gaplashgan edik.
Mahsulotga talab bor, foydalanuvchilar soni oshmoqda, dastlabki savdolar amalga oshirildi.
🤔 Ammo o‘sish har doim ham foyda keltiradimi?
❓ “Are your unit economics sustainable?”
Ya’ni, har bir mijozni jalb qilish va unga xizmat ko‘rsatish xarajatlari startapga keltirayotgan daromadga qanchalik mos?
Unit Economics — biznesning bitta mijoz, mahsulot yoki tranzaksiya darajasidagi daromad va xarajatlarini tahlil qilish usuli.
Unit Economics orqali nimalarni aniqlash mumkin?
🟢 CAC (Customer Acquisition Cost) — bitta mijozni jalb qilish xarajati;
🟢 LTV (Lifetime Value) — mijoz butun hamkorlik davomida keltiradigan qiymat;
🟢 Contribution Margin — tushumdan o‘zgaruvchan xarajatlar ayrilgandan keyin qoladigan mablag‘;
🟢 Payback Period — mijozni jalb qilish xarajatlarini qoplash muddati.
Masalan:
Startap bitta mijozni jalb qilish uchun 100,000 so‘m sarflaydi.
Mijoz esa xizmatdan foydalanish davomida 500,000 so‘m tushum keltiradi.
Bu ijobiy ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin.
Biroq biznesning haqiqiy samaradorligini baholash uchun mijozga xizmat ko‘rsatish va boshqa xarajatlarni ham hisoblash kerak.
🚀 Esda tuting: Traction startapingiz qanchalik o‘sayotganini ko‘rsatsa, Unit Economics bu o‘sish iqtisodiy jihatdan qanchalik samarali ekanini tushunishga yordam beradi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
