🚀 Sun’iy intellektga asoslangan mahsulot yaratyapsiz yoki startapingizni kengaytirish uchun qo‘shimcha hisoblash resurslariga ehtiyojingiz bormi?
IT Park Uzbekistan va Khan Tengri Innovation Hub Alibaba Cloud bilan hamkorlikda O‘zbekiston startaplarining AI tokenlar va bulutli xizmatlar kreditlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganmoqda.
✍️ Agar startapingizga mahsulotni ishlab chiqish yoki kengaytirish uchun ushbu resurslar kerak bo‘lsa, qisqa so‘rovnomada qatnashing va qanday resurslarga ehtiyojingiz borligini ko‘rsating.
⏱ So‘rovnomani to‘ldirish uchun atigi 3–5 daqiqa vaqt ketadi.
⚠️ Muhim shartlar:
🔹Alibaba Cloud’da akkaunti mavjud kompaniyalar ushbu dastur doirasida kredit olish imkoniyatiga ega bo‘lmasligi mumkin.
🔹Startaplar faqat bitta bulutli xizmatlar kredit dasturida ishtirok etishi mumkin.
🔹Alibaba Cloud’da mustaqil ro‘yxatdan o‘tmang! Bu dasturda qatnashish imkoniyatingizga ta’sir qilishi mumkin.
🔹Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishtirokingiz tasdiqlangandan keyingina taqdim etiladi.
So‘rovnoma natijalari asosida Alibaba Cloud startaplarning ehtiyojlarini baholaydi va ularni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.
🔗 So‘rovnomada qatnashish
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
