TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.4K subscribers
Post #8673 3.16K
🎮 Game Jam LVL 🌠 oldidan AI ko‘nikmalaringizni kuchaytirishga tayyormisiz?

O‘yin yaratishda zamonaviy AI vositalaridan foydalanishga bag‘ishlangan maxsus workshop o‘tkaziladi.

🎙 Ekspert — Timur Martinez-Muqimov
University of Westminster’da Computer Science bo‘yicha PhD Candidate, game developer va interaktiv raqamli loyihalar yaratuvchisi.

Timur Unity, React/WebGL va Telegram Mini Apps asosida loyihalar ishlab chiqadi.
Faoliyatini VRonica’da Unity developer sifatida boshlagan va shu vaqtgacha o‘z o‘yinlari, ta’lim simulyatorlari hamda AI asosidagi immersive learning loyihalarini yaratgan.

Shuningdek, u ko‘plab hackathon, pitch musobaqalari va startup mukofotlari g‘olibi hamda ilmiy maqolalar muallifi.


🛠 Workshop’da nimalarni o‘rganasiz?
🟢 AI vositalarini game development jarayoniga integratsiya qilish;
🟢 o‘yin yaratishda neyrotarmoqlardan amalda foydalanish;
🟢 real misollar orqali AI bilan development jarayonini tezlashtirish.

💡 Game development’da tajribangiz yo‘qmi? Muammo emas — workshop boshlovchilar uchun ham mos va game-dev’dagi ilk qadamingizni qo‘yishga yordam beradi.


🗓 19-avgust
⏰ 19:00–21:00
🌐 Telegram guruhida onlayn translyatsiya
Workshop rus tilida bo'lib o'tadi

🔥 Game Jam’ga tayyorlaning, AI vositalarini o‘zlashtiring va o‘z o‘yiningizni yaratishga kirishing!

@startupbaseuz
  • 🔥 5
  • 😍 3
  • 👏 2
More from @startupbaseuz
  1. Oct 11, 2026⚡️ Startapingizni uchun noyob imkoniyat: bootcamp intensiv dasturi boshlanmoqda! Mijoz, ma…
  2. Oct 9, 2026🇺🇸 15 ta o‘zbek startapi — AQSh bozori sari IT Park Uzbekistan ko‘magida o‘zbek startapl…
  3. Oct 9, 2026🌐 O‘zbekiston startap ekotizimi: keyingi bosqich nimaga bog‘liq? ✨ Golden Gate Ventures’n…
  4. Oct 9, 2026🇮🇩 Digital Uzbekistan: Indonesia 2026 — O‘zbekiston startaplari Indoneziya bozorida yang…
  5. Oct 9, 2026🇹🇲 IT Park rezidentlari va startaplari uchun Turkmaniston bozoriga chiqish imkoniyatlari…
  6. Oct 9, 2026🚀 Andijonlik yoshlar startaplariga investitsiya jalb qilishni o‘rgandi 8-oktabr kuni Andi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →