IT Park Uzbekistan’ning Global Growth va rezidentlar bilan ishlash yo‘nalishlari hamkorligida O‘zbekiston IT, mahsulot va servis kompaniyalari va startaplari uchun Turkmaniston bozoriga chiqishga bag‘ishlangan amaliy vorkshop tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar Turkmaniston IT-bozorining o‘ziga xos xususiyatlari, mahalliy talab va ehtiyojlar, bozorga kirish strategiyalari hamda potensial hamkorlar bilan ishlash imkoniyatlari bilan tanishdi.
🚀 Vorkshopda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🟩O‘zbekiston IT-mahsulotlari va raqamli yechimlarini Turkmaniston bozoriga olib chiqish;
🟩Mahalliy buyurtmachilar va potensial biznes hamkorlar bilan aloqalar o‘rnatish;
🟩Yangi bozorda mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish va mijozlar topish.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, Turkmaniston bozoridagi biznes imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi.
Mazkur vorkshop O‘zbekiston IT kompaniyalari va startaplarining eksport geografiyasini kengaytirish hamda Turkmaniston bozorida yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini o‘rganishga qaratildi.
Vorkshop yakunida bir qator IT Park rezidentlari Turkmaniston bozoriga chiqishga qiziqish bildirdi. Kelgusida ushbu kompaniyalar bilan ularning mahsulot va xizmatlarini Turkmanistonga eksport qilish imkoniyatlari hamda bozorga kirish bo‘yicha amaliy qadamlar ishlab chiqiladi.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website



