TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.4K subscribers
Post #9220 2.28K
🇮🇩 Digital Uzbekistan: Indonesia 2026 — O‘zbekiston startaplari Indoneziya bozorida yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘ymoqda

Indoneziyada bo‘lib o‘tgan Digital Uzbekistan: Indonesia 2026 tadbirida 45 dan ortiq kompaniya vakillari IT Park Uzbekistan imkoniyatlari va O‘zbekiston startaplarining texnologik yechimlari bilan tanishdi.

🚀 Tadbir davomida qanday natijalarga erishildi?

🔵Sino AI Indoneziyaning sog‘liqni saqlash sohasidagi 3 ta kompaniyasi bilan potensial hamkorlik yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi;
🔵Indoneziyadagi go-to-market akseleratori bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi;
🔵APTIKNAS bilan biznes missiyalar, AI-mutaxassislar va Soft Landing imkoniyatlari muhokama qilindi. IT Park Uzbekistan Bali Tech Week 2026 tadbiriga taklif etildi;
🔵PIKOM va VINASA bilan Soft Landing va bozorga kirish dasturlari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

🤝 Shuningdek, Indoneziya AI assotsiatsiyasi, KADIN va Digital Talent Accelerator vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.


Tadbir O‘zbekiston startaplari uchun Janubi-Sharqiy Osiyo bozoriga chiqish, yangi mijozlar va strategik hamkorlar topish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratildi.

🖥 Batafsil saytimizda

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
More from @startupbaseuz
  1. Oct 11, 2026⚡️ Startapingizni uchun noyob imkoniyat: bootcamp intensiv dasturi boshlanmoqda! Mijoz, ma…
  2. Oct 9, 2026🇺🇸 15 ta o‘zbek startapi — AQSh bozori sari IT Park Uzbekistan ko‘magida o‘zbek startapl…
  3. Oct 9, 2026🌐 O‘zbekiston startap ekotizimi: keyingi bosqich nimaga bog‘liq? ✨ Golden Gate Ventures’n…
  4. Oct 9, 2026🇹🇲 IT Park rezidentlari va startaplari uchun Turkmaniston bozoriga chiqish imkoniyatlari…
  5. Oct 9, 2026🚀 Andijonlik yoshlar startaplariga investitsiya jalb qilishni o‘rgandi 8-oktabr kuni Andi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →