TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.44K subscribers
Post #9206 2.45K
🚀 Andijonlik yoshlar startaplariga investitsiya jalb qilishni o‘rgandi

8-oktabr kuni Andijondagi AI Hub — Sun’iy intellekt markazida IT Park Uzbekistan’ning Andijon filiali tomonidan “G‘oyadan investitsiyagacha” amaliy vorkshopi tashkil etildi.

Tadbirda yosh dasturchilar va startap asoschilari o‘z g‘oyalarini real mahsulotga aylantirish, dastlabki mijozlarni topish hamda investorlar bilan ishlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

💡 Workshop davomida ishtirokchilar:

🔵Lean Startup va Customer Development yondashuvlari orqali mijoz muammosini aniqlashni;
🔵MVP yaratish va biznes modelni shakllantirishni;
🔵venchur fondlar va investorlar startaplarni qanday mezonlar asosida baholashini;
🔵investitsiya jalb qilish uchun Pitch Deck tayyorlashni o‘rgandi.

🎤 Yakuniy pitch-sessiyada ishtirokchilar o‘z loyihalarini 3 daqiqalik taqdimot va 2 daqiqalik savol-javob formatida ekspertlarga taqdim etib, tavsiyalar oldi.

Vorkshopda 15 yoshli dasturchi Oyatbek Abdug‘aniyev o‘zining ParkOS va Ilimli startaplari, Yahyobek Habibullayev esa an’anaviy laboratoriyalarni onlayn formatga o‘tkazishga qaratilgan Smart Lab loyihasi ustida ishlayotgani haqida so‘zlab berdi.


📈 Istiqbolli loyihalarni IT Park Andijon filialining inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga yo‘naltirish, mentorlik va investitsiyaga tayyorlash bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 👏 2
  • 🎉 1
  • 🤩 1
More from @startupbaseuz
  1. Oct 12, 2026⚡️ Bootcamp intensiv dasturining Customer Validation yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tish boshla…
  2. Oct 12, 2026⚡️ President Tech Award 2026: “Best Startup Project” yo‘nalishi bo‘yicha muhim yangilik! �…
  3. Oct 12, 2026🇺🇿 O‘zbekiston robototexnika bo‘yicha 185 davlat orasida mutlaq chempion bo‘ldi! 7–10-ok…
  4. Oct 12, 2026🇺🇸 Markaziy Osiyo startap hamjamiyati San-Fransiskoda uchrashadi! 🟢 IT Park Uzbekistan…
  5. Oct 12, 2026Post #9233
  6. Oct 11, 2026⚡️ Startapingizni uchun noyob imkoniyat: bootcamp intensiv dasturi boshlanmoqda! Mijoz, ma…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →