TGViewer
Sog‘liqni saqlash vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi @ssvuz · 128K subscribers
Post #23090 7.61K
#Muloqot
🔴 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

❗️ SSV: O‘zbekistonlik neyroxirurglar Yaponiyaning yetakchi klinikalarida malaka oshiradi
 
Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Yaponiya – O‘zbekiston “Ipak yo‘li” jamg‘armasining (JUSRF) sog‘liqni saqlash bo‘yicha qo‘mitasi raisi Kenichi Matsumoto bilan uchrashdi.


Muloqotda ikki davlat o‘rtasida tibbiyot, tibbiy ta’lim va farmatsevtika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokida amalga oshirilayotgan “Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish” loyihasiga alohida e’tibor qaratildi.
 
Maʼlumot uchun, umumiy qiymati 150 million AQSH dollariga teng ushbu loyiha 2025–2032-yillarga mo‘ljallangan. Uning doirasida Nevrologiya va neyroreabilitatsiya milliy tibbiyot markazini qurish va jihozlash, Samarqand va Buxoro tibbiyot oliygohlari klinikalarini uskunalar bilan ta’minlash, shuningdek, mutaxassislarni o‘qitish ko‘zda tutilgan.


— Shifokorlarimizni neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya bo‘yicha Yaponiyaning yetakchi klinikalarida o‘qitish, o‘rta tibbiyot xodimlari uchun qo‘shma ta’lim va stajirovka dasturlarini tashkil etishdan manfaatdormiz. Bunda ilg‘or texnologiyalar, amaliy ko‘nikmalar va bemorlarni parvarishlash usullarini o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratamiz. Tegishli muassasalar bilan bevosita aloqalar o‘rnatishda Jamg‘armaning ko‘magiga ishonamiz, — dedi Eldor Adilov.

Shuningdek, farmatsevtika sohasidagi hamkorlik masalasiga ham diqqat qaratildi. Bu borada Yaponiya vakolatli organlari ro‘yxatga olgan dori vositalari va tibbiy jihozlarni belgilangan talablar asosida tan olish tartibi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyiha va tashabbuslarni izchil davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
  • 👍 9
  • 🔥 7
  • 🤩 1
More from @ssvuz
  1. Oct 17, 2026#Kongress 🔴✅✅✅✅ 📍 Poytaxtimiz yana bir nufuzli anjuman — O‘zbekiston endokrinologlarinin…
  2. Oct 16, 2026🔴🟦🟦🟦 💊 Ko‘pincha dori vositasining yo‘riqnomasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nojo‘…
  3. Oct 16, 2026#Konferensiya 🔴❤️❤️❤️ 📌 Poytaxtimizda "Dermatovenerologiya va estetik tibbiyotning dolza…
  4. Oct 16, 2026#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 ❗️Samarqandda o‘tadigan…
  5. Oct 16, 2026#Milliy_dastur 🟡 💛💛💛 ❗️SSV: O‘zbekistonda ilk bor maktab o‘quvchilariga insult belgila…
  6. Oct 16, 2026#Milliy_reja 🟡 🟦🟦🟦 ❗️Bolalar saratoni: Davolash xarajatlarini to‘liq qoplash tizimi ya…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →