🟡 🟦🟦🟦
❗️Bolalar saratoni: Davolash xarajatlarini to‘liq qoplash tizimi yaratiladi
📄Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalar va o‘smirlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2025–2035-yillarga mo‘ljallangan Milliy rejaning oltinchi strategik yo‘nalishi boshqaruv tizimini takomillashtirish va barqaror moliyalashtirishni ko‘zda tutadi.
📌 Xususan, Milliy rejaga ko‘ra, 2026-yildan onkologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun davlat tibbiy sug‘urtasi hisobidan alohida xizmatlar paketini moliyalashtirish belgilangan.
⬇️ Ushbu paket quyidagilarni qamrab oladi:
✔️ dori vositalari, jumladan, kimyoterapiya, maqsadli va immunoterapiya;
✔️ zamonaviy diagnostika, jarrohlik amaliyotlari va statsionar davolanish;
✔️ psixologik, ijtimoiy va palliativ yordam;
✔️ teletibbiyot, raqamli xizmatlar va innovatsion texnologiyalar;
✔️ reabilitatsiya va sog‘ayishgacha bo‘lgan tibbiy xizmatlar.
➡️ Yana bir muhim jihat: Milliy reja doirasida Respublika bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning hududlardagi 14 ta filiali faoliyati takomillashtiriladi.
🔎 Bu orqali joylarda erta tashxislash, bemorlarni o‘z vaqtida yo‘naltirish, davolash sifatini nazorat qilish va mutaxassislar o‘rtasida masofaviy maslahatlashuvlarni kengaytirish ko‘zda tutilgan.
🔵 Shuningdek, JSST, YUNISEF, xalqaro moliya institutlari va boshqa hamkorlar bilan birgalikda sohaga qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilish, zamonaviy diagnostika imkoniyatlarini kengaytirish hamda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish rejalashtirilmoqda.
📊 2030-yilgacha erishilishi belgilangan asosiy natijalardan biri — bolalar onkologiyasida diagnostika, davolash, zarur dori vositalari va reabilitatsiya xarajatlarini davlat tomonidan 100 foiz qoplash tizimini shakllantirishdan iborat.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
