TGViewer
Sog‘liqni saqlash vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi @ssvuz · 128K subscribers
Post #23106 9.69K
#Milliy_dastur

🟡 💛💛💛

❗️SSV: O‘zbekistonda ilk bor maktab o‘quvchilariga insult belgilarini aniqlashni o‘rgatuvchi “FAST — superqahramonlar” xalqaro dasturi joriy etiladi

🫀Insult — inson hayotini sanoqli daqiqalar ichida o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan og‘ir xastalik. Shu bois uning belgilari haqida o‘z vaqtida xabardor bo‘lish muhim ahamiyatga ega.


📋Prezidentimizning joriy yil 20-yanvardagi tegishli qarori asosida yurtimizda ilk bor Infarkt va insultga qarshi kurashish Milliy dasturi qabul qilindi.
        
🗓 Unga ko‘ra, shu yilning 1-noyabridan mamlakatimiz umumta’lim maktablarida “Angels Initiative” xalqaro tashabbus tashkilotining “FAST — superqahramonlar” xalqaro ta’lim dasturi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

🏫 Loyiha birinchi sinfdan to‘rtinchi sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, ilk bosqichda Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 7 ta hamda Samarqand shahar, Kattaqo‘rg‘on va Ishtixon tumanlaridagi 6 ta umumta’lim maktabida mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

🩺 “FAST” tamoyili insultning asosiy belgilarini oson eslab qolishga yordam beradi. U yuzdagi o‘zgarishlar, qo‘ldagi holsizlik, nutq buzilishi hamda vaqtni boy bermasdan harakat qilish zarurligini anglatadi.
 
🌏 Xalqaro hamkorlik doirasida ishlab chiqilgan ushbu dastur Germaniya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Braziliya, Kanada, Gretsiya, Islandiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Latviya, Slovakiya, Vengriya, Bolgariya va Singapur kabi dunyoning 40 ga yaqin davlatida 2 million nafardan ortiq bolani qamrab olgan.

👨‍💻 O‘zbekistonda “FAST — superqahramonlar” xalqaro dasturining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda sahifasi ishga tushirildi. U orqali dasturga oid ma’lumotlar, ta’limiy materiallar va loyiha doirasidagi yangiliklar bilan tanishish mumkin.

🔵 Loyihaning asosiy maqsadi — o‘quvchilarga o‘yin va qiziqarli mashg‘ulotlar orqali insultning dastlabki belgilarini tanish, o‘z salomatligi va yaqinlari sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish hamda shoshilinch vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

🔎Dasturning yana bir muhim jihati — bolalar nafaqat insultning dastlabki belgilarini tanib olishni o‘rganadilar, balki bu bilimlarni ota-onalari, bobo va buvilariga ham yetkazadilar. Shu orqali oilalarda insult haqida xabardorlik oshib, uning belgilarini erta aniqlash va o‘z vaqtida tez tibbiy yordam chaqirish ko‘nikmalari shakllanadi.

✔️ Mashg‘ulotlar davomida bolalar insonning yuzida asimmetriya paydo bo‘lishi, bir qo‘lini ko‘tara olmasligi yoki gapirishda qiyinchilik kuzatilishi insult belgisi bo‘lishi mumkinligini o‘rganadi.

🚑 Bunday holatlarda vaqtni boy bermaslik, kattalarni shoshilinch xabardor qilish va “103” raqamiga murojaat etish bo‘yicha amaliy tushunchalar beriladi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda tez tibbiy yordam xizmatining ahamiyati singdiriladi.
 

🎮 Dasturning o‘ziga xos jihati, murakkab tibbiy tushunchalar bolalarga ularning yoshi va idrokiga mos ravishda, o‘yin elementlari, qahramonlar va videomateriallar yordamida yetkaziladi.
 
‼️ Umuman, “FAST — superqahramonlar” dasturi o‘quvchilarning sog‘liqni saqlash borasidagi bilimlarini oshirish, oilalarda insult belgilari haqida xabardorlikni kuchaytirish va shoshilinch vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
 
🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram 🌐 Linkedin
  • 👍 16
  • 🔥 2
  • 🤩 2
More from @ssvuz
  1. Oct 16, 2026🔴🟦🟦🟦 💊 Ko‘pincha dori vositasining yo‘riqnomasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nojo‘…
  2. Oct 16, 2026#Konferensiya 🔴❤️❤️❤️ 📌 Poytaxtimizda "Dermatovenerologiya va estetik tibbiyotning dolza…
  3. Oct 16, 2026#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 ❗️Samarqandda o‘tadigan…
  4. Oct 16, 2026#Milliy_reja 🟡 🟦🟦🟦 ❗️Bolalar saratoni: Davolash xarajatlarini to‘liq qoplash tizimi ya…
  5. Oct 16, 2026#Konferensiya 🔴🟦🟦 📍 Poytaxtimizda dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiyaning dolz…
  6. Oct 15, 2026🔴❗️❗️❗️❗️ 💊 Читая инструкцию к лекарству, мы нередко оставляем без внимания предупрежден…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →