🔴❤️❤️❤️
📌 Poytaxtimizda "Dermatovenerologiya va estetik tibbiyotning dolzarb masalalari: sohalararo va innovatsion yechimlar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
🌐 Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda yurtimiz mutaxassislari bilan birga, 20 dan ortiq davlatdan olimlar va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
🔬 Anjumanda dermatologik kasalliklarni erta tashxislash, zamonaviy davolash usullari, bemorlarga individual yondashuv va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.
🚑SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin





