Mirziyoyev China Energyni Navoiydagi suv tizimiga investitsiya kiritishga chaqirdi
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning CAMCE, China Energy va Sinoma Energy kompaniyalari rahbarlari hamda O‘monning Voltamp Energy kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Sayyid Ayman al-Busaydiy bilan uchrashdi.
Unda qayta tiklanuvchi energetika, energiya saqlash, suv ta’minoti va chiqindilarni qayta ishlash loyihalari muhokama qilindi.
Xitoy kompaniyalari bilan Navoiy viloyatidagi suv tizimiga yangi sarmoya kiritish, Andijonda logistika xabi tashkil etish va agrovoltaikani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Voltamp Energy bilan esa quyosh elektr stansiyalarini qurish va yuqori kuchlanishli transformatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/17/dialogue-investors/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20331
747

- 👍 33
- 🔥 2