Shavkat Mirziyoyev xorijiy energetika kompaniyalari vakillari bilan uchrashib, qo‘shma investitsiya loyihalarini muhokama qildi.
Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi bilan 2027-yilda O‘zbekistonga yana $3,5 mlrd investitsiya kiritishga kelishib olindi.
Tomonlar Markaziy Osiyoda ilk bor kecha-yu kunduz elektr energiyasi ishlab chiqaradigan quvvati 1 GVt bo‘lgan loyiha bo‘yicha $1,5 mlrdlik shartnoma imzoladi.
Turkiyaning Cengiz Holding kompaniyasi O‘zbekistonda to‘rtinchi va beshinchi loyihalarni amalga oshirish niyatida ekanini bildirdi.
Kompaniya boshqaruvi raisi Mehmet Jengiz Jizzaxdagi yangi stansiyani yaqin kunlarda ishga tushirish rejalashtirilganini bildirdi. Uchinchi loyihaga esa investitsiya kiritish ishlarini yakunlagan:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/17/investments/
Rasmda: ACWA Power boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan va Shavkat Mirziyoyev
Telegram | Instagram | YouTube
