TGViewer
Spot.uz – biznes va texnologiyalar Spot.uz – biznes va texnologiyalar @spotuz_uz · 10.9K subscribers
Post #20329 753
Aksa Enerji Toshkent, Sirdaryo va Jizzaxdagi elektr tarmoqlarini boshqaruvga olmoqchi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Jamil Kazanchi bilan energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va tarmoqni modernizatsiya qilish loyihalarini muhokama qildi.

Jamil Kazanchining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi loyihalar bo‘yicha kelishuvlarni bir hafta ichida imzolashni rejalashtirmoqda.

Kompaniya Samarqandda boshlangan faoliyatini ushbu hududlarda ham kengaytirishni ko‘zda tutgan.

“Aksa guruhi sifatida elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlariga sarmoya kiritib, yo‘qotishlarni kamaytirish, tannarxni pasaytirish va energiyadan foydalanish samaradorligini oshirishni maqsad qilganmiz”, — dedi u.


Aksa Enerji hozirgacha O‘zbekistonga $750 mln investitsiya kiritib, to‘rtta elektr stansiyasi qurgan:

https://www.spot.uz/oz/2026/10/17/aksa-enerji/

Telegram | Instagram | YouTube
  • 👍 32
  • 🔥 3
  • ❤ 1
  • 👎 1
More from @spotuz_uz
  1. Oct 17, 2026🌐 Ilk o‘zbek robot-doktoridan kosmik raketagacha: Asadbek Urunov qanday qilib muvaffaqiya…
  2. Oct 17, 2026🌐 Spot Lite — muhim yangiliklar bitta jumlada. Sun’iy intellekt yangilikning eng muhim qi…
  3. Oct 17, 2026Saidqahhor Xolxo‘jayev investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari bo…
  4. Oct 17, 2026Mirziyoyev China Energyni Navoiydagi suv tizimiga investitsiya kiritishga chaqirdi Shavkat…
  5. Oct 17, 2026Nega bazaviy me’yor 500 emas, 350 kVt/soatga oshirilyapti? IMV izoh berdi Gazlashmagan hud…
  6. Oct 17, 2026ACWA Power 2027-yilda O‘zbekistonga yana $3,5 mlrd investitsiya kiritishga kelishib oldi S…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →