Qurilish vaziri Sherzod Hidoyatov ko‘p qavatli uylarning tutash joylarida bolalar va sport maydonchalari uchun ajratilgan yerlarning olib qo‘yilishi holatlari o‘rganilayotganini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, u Toshkent shahrining bosh rejasiga muvofiq, tadbirkorlar faqat rekonstruksiya va renovatsiya hududlarida ish olib borishi mumkinligini eslatdi.
“To‘g‘ri, ilgari, bosh reja tasdiqlanishidan oldin auksionga qo‘yilgan yerlarda ko‘plab tadbirkorlar uy-joylar qurib yuborgan. Hozirgi kunda esa bu juda ham og‘riqli masalaga aylangan”, — dedi vazir.
Hidoyatovning aytishicha, noqonuniy qurilgan uylar bo‘yicha Bosh prokuratura ish olib bormoqda.
Kelgusida ko‘p qavatli uylarni foydalanishga qabul qilishdan oldin ularning atrofida bolalar maydonchalari va avtoturargohlar borligi, shuningdek, binolarning mustahkamligi tekshiriladi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/15/illegal-construction/
Telegram | Instagram | YouTube
