O‘zbekistonda ikkinchi va uchinchi atom elektr stansiyalarini qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi investorlar bilan ochiq muloqotida ma’lum qildi.
“Ertaga biz yana yangi hamkorlarimiz bilan ikkinchi atom elektr stansiyasini qurishga investorlar bilan gaplashamiz. Shuning uchun atom elektrostansiyasiga juda katta e’tibor beryapmiz, bizda juda katta uran ishlab chiqarish ko‘payyapti. Uran ishlab chiqarishga biz juda katta sarmoya, imkoniyat, tajriba orttirdik desak to‘g‘ri bo‘ladi. Shuning uchun birinchi atom elektrostansiyani boshladik, ikkinchi va uchinchisiga ham rejalarimiz ham bor”, — dedi prezident.
Shuningdek, Jizzax viloyatining Forish tumanida qurilayotgan birinchi AES uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.
Davlat rahbari investorlarni ushbu loyihalarda hamkorlik qilishga chaqirdi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/16/nuclear-energy/
Video: Mikrofon ko‘targan ayol / Telegram
Telegram | Instagram | YouTube