O‘zbekistonda endi peshlavhalar uchun reklama joyining pasporti talab etilmaydi
Hukumat qarori bilan tashqi reklamani joylashtirishga oid qator talablar soddalashtirildi.
Tadbirkor o‘zi egallab turgan binoga joylashtirgan korxona nomi, faoliyat turi va tovar belgisi haqidagi peshlavhalar reklama hisoblanmaydi hamda ular uchun reklama joyi pasporti talab etilmaydi.
Yuridik shaxslar o‘z transport vositalariga reklama joylashtirish uchun Yagona portal orqali elektron xabarnoma yuborishi kifoya.
Qurilish maydonlarida reklamalarni qurilish tugaguncha, bayram va tadbirlar uchun esa 30 kungacha joylashtirish mumkin.
Hokimlik reklama obyektlarini majburiy demontaj qilish haqida kamida ikki kun oldin rasmiy saytida e’lon berib, egasini yozma xabardor qilishi kerak.
Demontaj faqat ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha o‘tkaziladi va obyekt egasi ishtirokida tegishli dalolatnoma tuziladi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/16/outdoor-advertising/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20305
920

- 👍 13
- 🔥 6
- ❤ 4
- 👎 2
- 🤔 1