Raqobat qo‘mitasi taksi xizmatlarida narxlar asossiz oshirilishini o‘rganmoqda
Yirik taksi agregatorlaridagi texnik nosozliklardan so‘ng boshqa agregatorlarda ham tig‘iz vaqtlarda narxlar bir necha baravargacha oshgani e’tirozlarga sabab bo‘ldi.
O‘rganishda narxlar nima sababdan oshgani va agregatorlar raqobat qonunchiligiga qanchalik amal qilayotgani ko‘rib chiqilmoqda.
Qo‘mita taksi xizmatlaridan narxlarni belgilash algoritmlarini qayta ko‘rib chiqish va ularning sun’iy oshishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
Shuningdek, agregatorlardan insofsiz raqobatga yo‘l qo‘ymaslik hamda haydovchilar va yo‘lovchilar uchun 24 soatlik texnik yordam xizmatini ta’minlash so‘raldi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/15/taxi-aggregators/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20299
1.11K

- 👍 12
- ❤ 4
- 🔥 3