Toshkentda 15 daqiqalik mahalla tamoyili asosida 400 ta mahalla yangilanadi
Shavkat Mirziyoyev poytaxtda mahallalarni obodonlashtirish, yangi maktab va bog‘chalar qurishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Yashnobod tumanidagi 18 386 nafar aholi yashaydigan, umumiy maydoni 75 gektar bo‘lgan to‘rtta mahallani 15 daqiqalik mahalla tamoyili asosida yangilash rejalashtirilmoqda.
Hududda savdo va xizmat ko‘rsatish, ta’lim, tibbiyot, dam olish va sport maskanlari qulay masofada joylashtirilib, yashil maydonlar kengaytiriladi hamda uch kilometrlik sayr yo‘lagi tashkil etiladi.
15 daqiqalik mahalla tamoyili asosida poytaxtda 2027-yilda 100 ta, 2030-yilga qadar esa 400 ta mahalla kompleks yangilanadi.
2030-yilgacha 400 ta mahallada 130 mingta, jumladan, 2027-yilda 100 ta mahallada 22 mingta ish o‘rni yaratish uchun banklar tomonidan “konveyer” loyihalar tizimi yo‘lga qo‘yiladi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/14/tashkent-mahalla/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20286
720

- 👍 65
- ❤ 15
- 🔥 12
- 👎 2