Davaktiv rahbarining bayonotiga qaramay, UzPost ishonchli boshqaruvga berilgani ma‘lum bo‘ldi
YKAPda e‘lon qilingan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bayonnomasiga ko‘ra, UzPost ustav kapitalidagi 92,9% aksiyalardan iborat davlat ulushini ishonchli boshqarish to‘g‘risidagi shartnoma 2025-yil 30-dekabrda tuzilgan.
Spot ma‘lumotiga ko‘ra, UzPost‘dagi davlat aksiyalar paketi WB INT EXPORT korxonasiga (Wildberries‘ning 100% lik sho‘ba korxonasi) bir yil muddatga ishonchli boshqaruvga berilgan.
8-oktabr kuni matbuot anjumanida jurnalist UzPost “yopiq hujjat” asosida Wildberries boshqaruviga berilganini aytib, hujjatning qabul qilinish asoslari haqida so‘ragan edi.
“Bugungi kunda ishonchli boshqaruv shartnomasi yo‘q. Faqat hamkorlik to‘g‘risida shartnoma bor. Buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishonchli boshqaruv deb bo‘lmaydi”, — degan edi DABA rahbari Sohibjon Murodov:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/14/uzpost/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20283
945

- 👎 6
- 👍 3
- ❤ 2
- 🔥 2
- 🤔 1