O‘zbekistonda 2027-yilda 3,7 mln gektar yaylovni qayta tiklash rejalashtirilmoqda
Shavkat Mirziyoyev yaylovlardan samarali foydalanish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Unda yil yakunigacha 620 ming gektar, kelasi yilda esa 3,7 mln gektar yaylovni qayta tiklash vazifasi belgilandi.
Yaylovlar suv ta’minotini yaxshilash uchun 448 ta yangi quduq qaziladi, 1600 ta quduq ta’mirlanadi. 2026–2028-yillarda 323 ta sug‘orish inshooti quriladi.
Shu bilan birga, 470 ta mahallaga 627 ming gektar yaylov 49 yilga bepul ijaraga beriladi. Ushbu yerlar soliqdan ozod qilinadi.
Navoiy, Samarqand va Surxondaryoda 55 ming boshdan ortiq chorvaga mo‘ljallangan 15 ta kompleks quriladi.
Shuningdek, yaylovlardan ekoturizm, asalarichilik va dorivor o‘simliklar yetishtirish kabi yo‘nalishlarda ham foydalanishga ruxsat beriladi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/14/pasture/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20281
1.16K

- 👍 16
- ❤ 12
- 🔥 9