2026-yil O‘zbekistonda kiberjinoyatlar oqibatida fuqarolarga 1 trln so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida mamlakatda axborot texnologiyalari yordamida 69 962 ta jinoyat sodir etildi.
Kiberjinoyatlar oqibatida fuqarolarga 1 trln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov davomida 210 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarilgan.
Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, firibgarlar aholi mablag‘larini asosan to‘rtta usulda o‘zlashtirmoqda: zararli fayllar, soxta havolalar, soxta investor va treyderlar, shuningdek, o‘zini bank yoki davlat organi xodimi deb tanishtiruvchi shaxslar orqali.
Kiberjinoyatlarning qariyb 50%i zararli APK fayllar orqali sodir etilmoqda. Ular to‘y taklifnomasi, fotosurat yoki ta’ziya xabari ko‘rinishida yuborilishi mumkin.
IIV fuqarolarni shubhali fayl va havolalarni ochmaslikka, SMS-kodlar va shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga bermaslikka chaqirdi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/12/cybercrime/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20258
711

- 👍 7
- 👎 4
- 🔥 3
- ❤ 1