Toshkentdagi issiqxonalarga filtrlar o‘rnatish sharti bilan ko‘mirdan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin
Havo sovishi va shamolsiz ob-havo sharoitida ko‘mir yoqadigan issiqxonalardan chiqayotgan zararli moddalar yuzasidan aholi murojaatlari ko‘paygan.
Shu sababli issiqxonalarda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, isitish tizimlarini modernizatsiya qilish va chiqindilarni onlayn monitoring qilish taklif etilmoqda.
Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgan issiqxonalarga gaz, elektr, geotermal va quyosh energiyasi hamda IESlarning ikkilamchi issiqligidan foydalanishga ruxsat berish taklif qilinmoqda.
Bunday imkoniyat bo‘lmasa, sertifikatlangan isitish qozonlari, zararli moddalarni tozalash filtrlari va videokuzatuv uskunalari o‘rnatish sharti bilan ko‘mirdan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.
Ekologik xavfsiz isitish tizimlari bilan jihozlanmagan issiqxonalarning poytaxt mintaqasida ishlashiga qo‘yilgan taqiq saqlanib qoladi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/13/greenhouses/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20260
1.01K

- 🔥 8
- 👍 6
- 👎 5