TGViewer
Spot.uz – biznes va texnologiyalar Spot.uz – biznes va texnologiyalar @spotuz_uz · 10.9K subscribers
Post #20222 1.81K
Spot.uz – biznes va texnologiyalar ⚡️Erkinjon Turdimov Ta‘lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi Turdimov Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi. U mazkur tayinlovga qadar 2025-yildan buyon Sirdaryo viloyati…
Prezident farmoni bilan Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Tegishli farmon bilan Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi.


Shuningdek, Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.

Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil etish Prezident Administratsiyasi Rahbari Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.

Telegram | Instagram | YouTube
  • 👍 39
  • ❤ 22
  • 🔥 16
  • 🤔 1
More from @spotuz_uz
  1. Oct 17, 2026🌐 Ilk o‘zbek robot-doktoridan kosmik raketagacha: Asadbek Urunov qanday qilib muvaffaqiya…
  2. Oct 17, 2026🌐 Spot Lite — muhim yangiliklar bitta jumlada. Sun’iy intellekt yangilikning eng muhim qi…
  3. Oct 17, 2026Saidqahhor Xolxo‘jayev investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari bo…
  4. Oct 17, 2026Mirziyoyev China Energyni Navoiydagi suv tizimiga investitsiya kiritishga chaqirdi Shavkat…
  5. Oct 17, 2026Nega bazaviy me’yor 500 emas, 350 kVt/soatga oshirilyapti? IMV izoh berdi Gazlashmagan hud…
  6. Oct 17, 2026Aksa Enerji Toshkent, Sirdaryo va Jizzaxdagi elektr tarmoqlarini boshqaruvga olmoqchi Shav…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →