TGViewer
Spot.uz – biznes va texnologiyalar Spot.uz – biznes va texnologiyalar @spotuz_uz · 11K subscribers
Post #20218 1.14K
Mirziyoyev MDHda erkin savdo zonasining cheklovlarsiz ishlashini taʼminlashni taklif etdi

Prezident MDH erkin savdo zonasining to‘liq ishlashi uchun texnik to‘siqlarni bartaraf etish, sertifikatlarni o‘zaro tan olish va davlat xaridlarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Davlat rahbari oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari davlat xaridlari bozorlarini o‘zaro ochish bo‘yicha bitim va hamkorlik dasturini tezroq tasdiqlash lozimligini bildirdi.

MDHda logistika markazlarini tashkil etish, tranzit xarajatlarini kamaytirish, yuk tashish qoidalarini birxillashtirish va yagona transport axborot tizimini yaratish taklif etildi.

MDHda resurslardan samarali foydalanish va aylanma iqtisodiyot bo‘yicha hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish hamda madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.

Transchegaraviy kiberjinoyatlar va firibgarlikka tezkor javob berish uchun MDH Qo‘shma aloqa markazini tashkil etish bo‘yicha choralar ishlab chiqish taklif etildi:

https://www.spot.uz/oz/2026/10/09/free-trade-zone/

Telegram | Instagram | YouTube
  • 👍 26
  • ❤ 14
  • 🔥 14
More from @spotuz_uz
  1. Oct 10, 2026Buyuk Britaniya Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etishga yordam beradi Shavkat Mi…
  2. Oct 10, 2026Turan Security Toshkentda kiberxavfsizlik bo‘yicha musobaqaning uchta yo‘nalishida g‘olib…
  3. Oct 10, 2026O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sentabrda $5,5 mlrdga kamayib, $67 mlrddan pasayd…
  4. Oct 10, 2026Markaziy bank 2027-yildan kredit to‘lovlarini avtomatik yechib olishni cheklaydi Hujjat bi…
  5. Oct 10, 2026Uzum Market ikki kunlik uzilishlardan so‘ng ish faoliyatini to‘liq tikladi Servisning veb-…
  6. Oct 10, 2026🌐🌐🌐 “Moliyaviy imkoniyatlaringiz faqat tasavvuringiz va g‘oyalaringizni hayotda qo‘llay…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →