Buyuk Britaniya Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etishga yordam beradi
Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni Buyuk Britaniyaning savdo bo‘yicha davlat vaziri lord Anas Sarvarni qabul qildi.
Infratuzilma, energetika, moliya va boshqa sohalarda, jumladan, UKEF ishtirokida yangi loyihalarni amalga oshirish muhimligi ta‘kidlandi.
Buyuk Britaniya tomoni Toshkentda “ingliz huquqi” tamoyillari asosida ishlaydigan Xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirdi.
Shu kuni O‘zbekiston va Britaniya qo‘shma iqtisodiy qo‘mitasi yig‘ilishida 46 ta loyiha, UKEF orqali moliyalashtirish, xalqaro moliya markazi va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/10/great-britain/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20229
843

- 👍 7
- ❤ 2
- 🔥 2