O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sentabrda $5,5 mlrdga kamayib, $67 mlrddan pasaydi
Bunda asosiy pasayish jahon kotirovkalari fonida oltin zaxirasining salbiy qayta baholanishi hamda valyuta aktivlarining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘ldi.
Markaziy bank omborlaridagi oltin qiymati $4,83 mlrd ga kamayib, $60,08 mlrd ni tashkil qildi. Uning fizik hajmi bir oy oldingi 14,11 mln unsiyaga nisbatan 14,34 mln troya unsiyaga oshdi.
Sentabr yakunlariga ko‘ra zaxiralarning valyuta qismi $5,92 mlrd ni tashkil etib, bir oy oldingiga nisbatan $702,8 mln ga (-10,59%) kamaydi.
O‘z navbatida, o‘tgan oy yakunlari bo‘yicha Markaziy bank balansidagi xorijiy qimmatli qog‘ozlar hajmi $73,7 mln ga qisqarib, $1,69 mlrd ni (-4,18%) tashkil etdi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/09/gold-reserves-september/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20227
974

- ❤ 3
- 👍 2