TGViewer
Spot.uz – biznes va texnologiyalar Spot.uz – biznes va texnologiyalar @spotuz_uz · 11K subscribers
Post #20208 1.77K
UzPost jarima xatlarini yetkazish to‘xtatilgani sabab, 60 mlrd so‘mgacha daromadini yo‘qotdi

Milliy pochta operatori ma’muriy jarimalar haqidagi bildirishnomalar raqamli formatga o‘tkazilgach, 50–60 mlrd so‘mlik daromadidan ayrildi. Avval ushbu bildirishnomalarni yetkazib berish pochta operatoriga katta daromad keltiradigan yo‘nalishlardan biri bo‘lgan.

“Raqamlashtirishdan keyin bu xizmat pochtada bekor qilindi. Bu pochta uchun juda katta moliyaviy yo‘qotishga olib keldi. Men milliardlar haqida gapiryapman. Pochta faqat bitta xizmatdan 50−60 mlrd so‘mlik daromad manbayini yo‘qotdi”, — dedi Davaktiv direktori Sohibjon Murodov.


Uning so‘zlariga ko‘ra, IIV va tijorat banklari fuqarolarni qarzdorlik va jarimalar haqida mobil ilovalar orqali xabardor qila boshlagan. Shu sababli qog‘oz bildirishnomalar va ularni yetkazib berishga ehtiyoj qolmagan.

Shu fonda UzPost’ni moliyaviy sog‘lomlashtirishning asosiy vazifalaridan biri zamonaviy korporativ boshqaruv mexanizmlarini joriy etish bo‘ldi.

Joriy yilning 1-martidan UzPost yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar haqidagi qog‘oz xatlarni yetkazib berishni to‘xtatgan edi:

https://www.spot.uz/oz/2026/10/08/uzpost-losses/

Telegram | Instagram | YouTube
  • ❤ 9
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • 👎 1
More from @spotuz_uz
  1. Oct 10, 2026O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i uchun markirovka joriy etish taklif etildi Soliq qo‘mitasi o‘…
  2. Oct 10, 2026Raqobat qo‘mitasi mobil aloqa narxlari oshirilishi yuzasidan o‘rganish boshladi Ayrim mobi…
  3. Oct 10, 2026Buyuk Britaniya Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etishga yordam beradi Shavkat Mi…
  4. Oct 10, 2026Turan Security Toshkentda kiberxavfsizlik bo‘yicha musobaqaning uchta yo‘nalishida g‘olib…
  5. Oct 10, 2026O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sentabrda $5,5 mlrdga kamayib, $67 mlrddan pasayd…
  6. Oct 10, 2026Markaziy bank 2027-yildan kredit to‘lovlarini avtomatik yechib olishni cheklaydi Hujjat bi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →