O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi
Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro savdo hajmini bir necha barobar oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini muhokama qildi.
Shu bilan birga, sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi kabi sohalarda Kooperatsiya dasturini qabul qilish va uni ikki mamlakat hududlari darajasida amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Hujjat siyosiy muloqotni chuqurlashtirish va ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam institutsional asos yaratadi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/08/strategic-partnership/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20203
1.39K

- ❤ 17
- 👍 16
- 🔥 15