O‘zbekistonda valyuta va foiz xatarlarini boshqarish kompaniyasi tashkil etilishi mumkin
Markaziy bank jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan prezident qarori loyihasi bilan kompaniyani AJ shaklida tashkil etish hamda regulyatorni soha bo‘yicha vakolatli davlat organi etib belgilash taklif qilinmoqda.
Kompaniya banklar, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda xalqaro tashkilotlar bilan derivativlar bo‘yicha bitimlar tuzib, ichki valyuta va pul bozorida doimiy kotirovkalar orqali likvidlikni ta’minlashi ko‘zda tutilgan.
Kompaniya valyuta va foiz xatarlarini boshqarish, derivativlar bozorini rivojlantirish hamda ichki valyuta va pul bozorida likvidlikni ta‘minlash bilan shug‘ullanishi ko‘zda tutilgan.
Kompaniya kapitalini shakllantirish uchun Milliy kliring markazi ustav kapitaliga 170 mlrd so‘m yo‘naltirish, valyuta va foiz xatarlarini boshqarish tashkilotlari uchun esa eng kam ustav kapitalini 500 mlrd so‘m etib belgilash taklif qilinmoqda:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/05/currency-interest/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20162
832

- ❤ 3
- 👍 3