2027-yildan alkogolsiz ichimliklar qadoqlariga 100 ml mahsulotdagi shakar miqdoriga qarab sariq, to‘q sariq yoki qizil rangdagi ogohlantiruvchi markirovka yorliqlarini joylashtirish taklif qilinmoqda.
UzBev yangi talablarning faqat alkogolsiz ichimliklarga tatbiq etilishiga e’tiroz bildirib, shakar boshqa ko‘plab mahsulotlarda ham mavjudligi, salomatlikka esa tuz, yog‘lar, umumiy kaloriya va jismoniy faollik ham ta’sir qilishini qayd etdi.
Uyushma ishlab chiqaruvchilar raqamli markirovka talablariga hali moslashayotgan bir paytda yangi talablar qo‘shimcha xarajatlar va ma’muriy yuk keltirib chiqarishini qayd etib, sohani tartibga solishda barqarorlik va prognoz qilish imkoniyati zarurligini ta’kidladi.
UzBev yangi yorliqni tayyorlash kamida uch oy vaqt olishi, qadoqlash materiallari esa bir yil oldindan xarid qilinishi mumkinligini qayd etib, yetarli o‘tish davri berilmasa, ishlab chiqaruvchilar qo‘shimcha xarajatlarga duch kelishini bildirdi.
Uyushma avval oziq-ovqat mahsulotlarini markirovkalash islohotini yakunlash va milliy tadqiqot o‘tkazib, keyin ilmiy asoslangan baholash modelini ishlab chiqish hamda shundan so‘ng yangi tizimni joriy etishni taklif qilmoqda:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/05/uzbev-sugar/
Telegram | Instagram | YouTube
