Alter Ego loyihasi asoschisi Kirill Altman mahalliy tadbirkor va top-menejerlar bilan suhbatlariga asoslangan “O‘zbekistonda yaratilgan” nomli yangi kitobini taqdim etdi.
O‘zbek va rus tillarida chop etilgan nashrdan mamlakatdagi 30 nafar biznes vakillarining hayotiy qoidalari, amaliy tajribasi va sohaga oid qarashlari o‘rin olgan.
Ular orasida Korzinka, Express24, Alif, TBC Uzbekistan, Click, Payme, Uzbekistan Airways, Hamkorbank hamda boshqa yirik kompaniyalar rahbarlari bor.
“O‘zbekistonda yaratilgan” kitobi men uchun yoshlar uchun yaxshi dastyor, tajribali insonlar uchun esa barchasini to‘g‘ri bajarishayotganining tasdig‘i va ramziga aylanishi kerak, — deya ta’kidlaydi muallif.
Rasmda: “O‘zbekistonda yaratilgan” kitobidan fikrlar.
Telegram | Instagram | YouTube


