Ijtimoiy soliq bo‘yicha mavjud imtiyozlarni 2030-yildan to‘liq bekor qilish taklif etilmoqda
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ko‘ra, ijtimoiy soliq imtiyozlari sabab bir xil ish haqi oluvchi xodimlar uchun Pensiya jamg‘armasiga turlicha mablag‘ tushmoqda, pensiya huquqi esa bir xil shakllanmoqda.
Masalan, 6 mln so‘m ish haqi uchun imtiyozli korxonada ijtimoiy soliq 1% yoki 0%, imtiyozsiz korxonada esa 12% stavkada to‘lanadi.
Vazirlik ijtimoiy soliq bo‘yicha yangi imtiyozlar berishni to‘xtatib, amaldagilarini 2030-yilgacha bosqichma-bosqich bekor qilishni taklif qilmoqda.
Biznesni qo‘llab-quvvatlash esa soliq imtiyozlari o‘rniga budjetdan manzilli subsidiyalar ajratish orqali amalga oshirilishi mumkin:
https://www.spot.uz/oz/2026/09/22/social-tax-benefits/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20058
1.42K

- 👍 6
- 🔥 6
- ❤ 5
- 👎 2