Nega Microsoft Claude Code dan voz kechdi?
Microsoft kompaniyasi 100 000 tacha Claude Code litsenziyasidan kutilmagan budjet ortishi sababli voz kechdi. Ko‘pchilikda savol tug‘ildi: "Axir Anthropic'da oylik belgilangan tariflar (subscription) bor edi-ku, nega Microsoft'da har bir xodim uchun xarajat $500 dan $2000 gacha bo'lib ketdi?"
Ushbu keys frontier AI (ilg‘or sun'iy intellekt) bozoridagi eng katta muammoni — yashirin token billingi tizimini ochib berdi. Keling, Anthropic taklif qilayotgan rejalarni tahlil qilamiz:
1. Individual tariflar: Pro va Max planlari
• Claude Pro ($20/oy): Solo dasturchilar uchun mo‘ljallangan. Ammo Claude Code bilan faol ishlaganda (katta kod bazasini yuklaganda), uning 5 soatlik limitlari bor-yo‘g‘i 1–2 soatda tugab qolishi mumkin.
• Claude Max ($100 dan $200/oygacha): Og‘ir ishlaydigan power-userlar uchun chiqarilgan. Pro'dan 5 baravardan 20 baravargacha ko‘proq limit beradi.
Muammo nimada? Dasturchi faol kod yozganda yoki bir nechta avtonom agentlarni ishga tushirganda, hatto $200 lik Max tarif limitlari ham 1-2 kunda dosh berolmay "tiqilib" qoladi.
Qo'shimchasiga bu Individual tariflarni Enterprise ga qo'llash mumkin emas.
2. Korporativ tarif: Enterprise tuzog‘i
Ko‘pchilik "Nega Microsoft shunchaki Enterprise tarif sotib olib, xarajatlarni cheklamadi?" deb o‘ylashi mumkin. Sababi — Anthropic'ning Claude Enterprise narxlash modeli juda ayyorona tuzilgan: U yerda cheksiz ("unlimited") foydalanish degan narsa yo‘q!
• Enterprise tarifda har bir o‘rin (seat) uchun oyiga qat'iy ~$20 atrofida pul olinadi. Lekin bu pul faqat platformaga kirish (SSO xavfsizlik, admin boshqaruvi va 500K context window) uchun xolos!
• Tuzoq shundaki, Enterprise tarif ichida tekin tokenlar berilmaydi. Dasturchilar Claude Code'ni ishga tushirishganda, barcha sarflangan tokenlar o‘sha oylik $20 ning ustiga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri API narxlari (Pay-as-you-go) bo‘yicha alohida hisoblanadi (har 1M token uchun $3 dan $25 gacha).
Xulosa va FinOps darsi:
Claude Code — oddiy chat bot emas. U dasturchining bitta buyrug‘i bilan loyihadagi minglab qator kodlarni (Context) qayta-qayta o‘qiydi, o‘zgartiradi va fonda o‘nlab marta API'ga murojaat qiladi.
Natijada:
• Individual plandagi (Pro/Max) dasturchilar tezda limitga tiqilib qolishadi.
• Korporativ plandagi (Enterprise) kompaniyalar esa limitga tiqilmaydi, lekin oy oxirida har bir muhandis uchun $500 dan $2000 gacha keladigan dahshatli hisob-kitob (billing) xatiga duch kelishadi.
Aynan shu kutilmagan moliyaviy zarba sababli Microsoft barcha xodimlariga Claude Code'ni to‘xtatishni va oylik xarajatlari qat'iy belgilangan hamda arzonroq bo‘lgan o‘zlarining GitHub Copilot CLI vositasiga o‘tishni buyurdi.
Sizningcha, AI kompaniyalari kelajakda yirik loyihalar uchun haqiqiy "cheksiz" (flat-rate) tariflar bera oladimi yoki server xarajatlari bunga hech qachon yo‘l qo‘ymaydimi?
Post #294
216