AI davrida kiber-xavfsizlik oʻzgaryapti: Loyihalarni qanday himoya qilamiz?
Bugungi kunda xakerlar tizimlardagi xatolarni topish va ularga hujum qilish uchun Mythos va Opus va kiber-xavfsizlikka ixtisoslashgan boshqa Sun'iy Intellekt (AI) modellaridan foydalanishni boshlashdi. Ular buni judayam tez va avtomatlashtirilgan usulda qilishmoqda.
Shu sababli, internetga ochiq boʻlgan barcha veb-dastur va saytlarimizni himoya qilish uchun yangi qoidalarga oʻtishimiz shart.
Nimalar qilish kerak?
1. Tashqi kirishni yopish: Agar dasturingiz hamma uchun ochiq boʻlishi shart boʻlmasa, internetdan kirishni butunlay yoping. Unga faqat ishonchli tarmoqlar (ofis interneti yoki VPN) orqali kiradigan qiling.
2. Cloudflare orqali Zero Trust (ZTNA) modeliga oʻtish: Agar dastur internetda ochiq turishi shart boʻlsa, uni Cloudflare orqali Zero Trust Network Access (ZTNA) tizimiga ulang. Bu tizim har bir kirayotgan foydalanuvchini qattiq tekshiruvdan oʻtkazadi.
Post #302
269
