TGViewer
Shukhratbek.dev Shukhratbek.dev @shukhratbekdev · 137 subscribers
Post #304 335
Skill.md ni endi o'qitsa bo'ladi

Skill.md - odam tomonidan qo'lda yoziladi va ko'pincha o'zgaradi, u haqattan ham to'g'ri natija beryaptimi yoki boshqa joyini buzdimi? uni aniqlash qiyinroq.

Microsoft Research jamoasi bunga yechim sifatida neyron tarmoqlarni oʻqitish (training) metodologiyasini oddiy text fayllarga olib kiribdi va SkillOpt freymvorkini taqdim etibdi.

SkillOpt qanday ishlaydi?

Tizim til modelining (LLM) oʻzini oʻzgartirmaydi (vaznlarga weights tegmaydi). U model boshqaradigan koʻrsatmalar matnini (skill.md) xuddi neyron tarmoq kabi oʻqitadi:
1. Rollout (Sinov va Ijro):
Agent joriy promt (skill) yordamida berilgan vazifalarni bajarib ko'radi. Barcha muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz urinishlar (trajektoriyalar) va ularning natijalari tizim tomonidan yozib boriladi.

2. Reflect (Tahlil va Mulohaza):
Maxsus optimizer-LLM ishga tushadi. U muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz bo'lgan natijalar partiyasini (minibatches) sinchiklab tahlil qiladi va qaysi so'zlar yoki usullar foyda berganini, qaysilari esa agentni adashtirganini aniqlaydi.

3. Edit (Tahrirlash va Filtr):
Tizim matn ichiga yangi qoidalar qo'shish (add), eskilarni o'chirish (delete) yoki almashtirish (replace) operatsiyalarini tayyorlaydi. Belgilangan o'zgarishlar limiti (budget) doirasida eng yaxshi o'zgartirish variantlari birlashtiriladi va reytinglanadi.

4. Gate (Tekshiruv):
Yangi tayyorlangan promt darhol production'ga chiqarilmaydi. U alohida tekshiruv testidan (held-out selection) o'tkaziladi. Agar yangi promt agentning umumiy aniqligini oshirsa — saqlab qolinadi, aks holda rad etilib, eski barqaror versiyaga qaytiladi.

Batafsil
microsoft.github.io SkillOpt | Executive Strategy for Self-Evolving Agent Skills Project webpage for SkillOpt, a text-space optimizer that trains reusable natural-language skills for frozen language agents.
More from @shukhratbekdev
  1. Jun 23, 2026EPAMda 10 yil ishlaganim uchun sovg'a jo'natibdi 😊
  2. Jun 17, 2026AI davrida kiber-xavfsizlik oʻzgaryapti: Loyihalarni qanday himoya qilamiz? Bugungi kunda…
  3. Jun 17, 2026Qaysi AI modelni local ishlata olaman? Dasturchi yoki startaper bo'lsangiz unda - cloud (A…
  4. Jun 13, 2026AQSh hukumati Anthropic-ning eng kuchli Fable 5 va Mythos 5 modellarini nega blokladi? Kec…
  5. Jun 13, 2026Gemini ham shanda dam olish kuni ekanligi bilar ekan😆
  6. Jun 12, 2026Xiaomi oʻzining terminalda ishlovchi yangi avtonom AI agenti - MiMo Code ni MIT litsenziya…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →