AQSh hukumati Anthropic-ning eng kuchli Fable 5 va Mythos 5 modellarini nega blokladi?
Kecha tunda AQSh hukumati milliy xavfsizlik va eksport nazoratiga tayanib, Anthropic kompaniyasining eng soʻnggi Fable 5 va Mythos 5 modellarini zudlik bilan oʻchirishni (suspend) talab qildi. Xorijiy fuqarolar undan foydalanishi taqiqlansin, AQSh hududida va tashqarisida, xattoki Antropic kompaniyasida ishlayotganlar ham.
Anthropic rasmiy bayonot bilan chiqdi va vaziyat aslida kutilgandanda ancha qiziqroq ekan.
Bloklanishga aslida nima sabab boʻldi?
Jailbreak (Xavfsizlikni aylanib oʻtish) xavfi: AQSh hukumati Anthropic-ning eng maxfiy kiber-modeli boʻlgan Fable 5-ni xakerlar osonlikcha oʻzlariga boʻysundirib olishi (Jailbreak) mumkinligini da'vo qilgan.
Hukumat topgan Xavfli qurol: Qiziqarli tomoni, hukumat oʻ'ta xavfli kiber-hujum quroli deb hisoblagan narsa aslida nima ekan bilasizmi? Modelga shunchaki ma'lum bir kod bazasini (codebase) oʻqitib, undagi dasturiy xatolarni (bug) topish va tuzatishni soʻrash! Hukumat buni kiber-xavfsizlikka tahdid deb baholagan.
Anthropic-ning pozitsiyasi: "Mukammal himoya — afsona"
Anthropic oʻz mijozlari oldida oʻzini oqlab, juda aqlli argumentlarni keltirgan:
Universal Jailbreak mavjud emas: Dunyoda biror bir modelni 100% himoya qilib boʻlmaydi. Har qanday modelni ma'lum bir tor doirada baribir aldash mumkin (bunga OpenAI-ning GPT-5.5 modeli ham kiradi).
Chuqurlashtirilgan mudofaa: Shuning uchun Anthropic oʻz tizimida xavfsizlikni buzganlarni tezda aniqlash uchun foydalanuvchi ma'lumotlarini 30 kungacha saqlash tizimini joriy qilgan edi.
Bozorni oʻldirish: Bitta kichik kamchilik sababli yuz millionlab odamlar foydalanayotgan tijoriy modelni bloklash — AI sanoatini butunlay toʻxtatib qoʻyadi.
Batafsil
Post #300
235