SMART MODEL ROUTING
Koʻpchilik yangi boshlayotgan dasturchilar loyihadagi hamma muammoni hal qilish uchun bitta modelni (masalan, eng kuchli va qimmat boʻlgan Claude Sonnet v4.x yoki GPT-5) tanlashadi. Lekin bu xuddi oddiy non sotib olish uchun har safar yuk mashinasini ijaraga olishga oʻxshaydi, aslida esa piyoda borsa bo'ladi.
Model Routing nima?
Model Routing — bu foydalanuvchidan yoki tizimning oʻzidan kelayotgan soʻrovning (prompt) murakkabligini avvaldan baholab, uni eng mos va tejamkor modelga avtomatlashtirilgan holda yoʻnaltirish tizimidir.
Tasavvur qiling, loyihangizda kuniga 100 000 ta soʻrov aylanadi. Ularning 70% qismi oddiy formatlash, textni tozalash yoki ma'lumotlarni saralash (routing/classification) boʻlsa, atigi 30% qismi qiyin algoritmik mantiq talab qiladigan vazifalardir.
Toʻgʻri Model Routing qanday quriladi?
Katta tizimlarda xarajatlarni 80% gacha tejaydigan klassik marshrutlash zanjiri quyidagicha koʻrinishda boʻlishi mumkin:
1. Arzon va Tezkor Qatlam (Flash/Mini modellar):
• Vazifasi: Kelayotgan JSON ob'ektlarini filterlash, keraksiz metama'lumotlarni tozalash (API Hygiene), foydalanuvchi niyatini (intent) aniqlash.
• Modellar: Gemini 3.5 Flash, GPT-4o mini yoki ochiq kodli DeepSeek.
• Foydasi: Token narxi juda arzon va javob qaytarish tezligi (latency) minimal boʻladi.
2. Oʻrta darajali Qatlam (Standard/Pro modellar):
• Vazifasi: Oʻrtacha qiyinlikdagi matnlarni tahlil qilish, oddiy ma'lumotlar bazasi soʻrovlarini (SQL) generatsiya qilish va hujjatlarni umumlashtirish (summarization).
• Modellar: Standart LLM'lar.
3. Ekspert Qatlam (Advanced/Reasoning modellar):
• Vazifasi: Arxitektura xatolarini tuzatish, murakkab algoritmik kod yozish va yakuniy strategik qarorlarni qabul qilish.
• Modellar: Claude 4 Sonnet, Opus, GPT-5 yoki boshqalar.
• Foydasi: Bu qatlam qimmat boʻlsa ham, unga faqat saralangan va tozalangan 10-15% qiyin soʻrovlargina yetib keladi. Natijada ulkan token xarajatlarining oldi olinadi.
Biznes va Dasturchilar uchun foydasi:
• Xarajatlarning keskin kamayishi: Hamma soʻrovni qimmat modelga yubormaslik evaziga oylik billinglarni masalan, $24,000 dan $5,500 gacha tushirish mumkin.
• Tezlik (Latency): Oddiy soʻrovlar uchun foydalanuvchi qimmat modelning "oʻylab" javob berishini kutib oʻtirmaydi, Flash modellar soniyalar ichida javob qaytaradi.
Xulosa: Zamonaviy AI muhandisligi shunchaki endi "prompt yozish" emas. Bu tizim arxitekturasini toʻgʻri qurish va aqlli marshrutlash orqali Tokenomicsni boshqarish davriga o'tdik!
Post #292
136