AI Loyihalardagi yashirin xarajat: Claude Tax (Klod soligʻi) nima va u qanday paydo boʻladi?
Agar siz loyihalarizda yoki avtonom AI agentlarizda Claude Sonnet / Opus modellaridan foydalanayotgan boʻlsangiz, API hisob-kitoblaringiz siz oʻylagandan ancha koʻp chiqayotgan boʻlishi mumkin. IT olamida buni yangi atama — "Claude Tax" deb nomlashdi.
Gap shundaki, Claude modellari kod yozish va mantiqiy fikrlashda eng zoʻri boʻlsa-da, ularning Tokenizatori (Tokenizer) juda gʻalati ishlaydi.
Muammo nimada?
Dasturlar bir-biri bilan ma'lumot almashganda asosan JSON format, URL manzillar va har xil texnik belgilardan foydalanadi. OpenAI (GPT) yoki Google (Gemini) tokenizatorlari bu belgilarni juda ixcham siqib hisoblaydi. Ammo Claude tokenizatori JSON ichidagi qavslar, ikki nuqtalar va linklarni koʻrganda aqldan ozadi va ularni juda koʻp alohida tokenlarga boʻlib tashlaydi.
Ozgina raqamlar:
• Oddiy matn: OpenAI va Claude deyarli bir xil token sarflaydi, ba'zi vaziyatlarda Claude da ko'proq.
• JSON ma'lumotlar va URL linklar: Claude xuddi shu ma'lumot uchun OpenAI'ga qaraganda 6 barobardan 10 barobargacha koʻproq token yozadi!
Tasavvur qiling, boshqa modelda 1 000 token ketadigan API soʻroviga Claude tizimida 10 000 token uchun pul toʻlaysiz. Narxlari qogʻozda bir xil koʻringani bilan, amalda Claude sizga ancha qimmatga tushmoqda.
Post #290
161
- ❤ 1