#Seminar
📜🗞️📜
TALABALAR TURAR JOYIDA TYUTORLIK FAOLIYATI: INDIVIDUAL YONDASHUV, TARBIYAVIY ISHLAR VA SAMARALI MULOQOT
😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida tyutorlarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar tashkil etilmoqda
💬 Mavzu: "Talabalar turar joyida tyutorlik faoliyati: individual yondashuv, tarbiyaviy ishlar va samarali muloqot” .
📰️ Ma’ruzachi: Pedagogika fakulteti tyutori Toshpulatova Dilorom
📅 Sana: 17-oktyabr
⏰ Vaqt: 11:00 da
📍 Manzil: B bino, ARM 1-qavat faollar zali
Seminar davomida:
➡️talaba-qizlarning faolligi va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda tyutorning o‘rni va mas’uliyati;
➡️talaba-qizlarning liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni ijtimoiy hayotga keng jalb etish;
➡️talaba-qizlarning ta’lim jarayoni va jamoat ishlaridagi faolligini oshirish;
➡️qizlarning muammolarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash va individual yondashuvni yo‘lga qo‘yish;
➡️tyutorlik faoliyatida samarali usul va yondashuvlardan foydalanish masalalari muhokama qilinadi.
Seminar yakunida ishtirokchilarning fikr va takliflari tinglanib, talaba-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Barcha tyutorlar va qiziquvchi pedagog-xodimlarni ushbu seminarda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
