#Ilmiy_amaliy_konferensiya
⚙️ TA’LIMDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
😁 Shahrisabz davlat pedagogika institutida Matematika va amaliy matematika kafedrasi tashabbusi bilan “Ta’limda axborot texnologiyalari integratsiyasi: matematika va informatika fanini o‘qitishda raqamli transformatsiya muammolari va yechimlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
🔍 Konferensiya doirasida Matematika va amaliy matematika kafedrasi mudiri Farrux Qodirov tomonidan “Oliy ta’limda raqamli transformatsiya samaradorligini statistik baholash va prognozlash modeli” mavzusida ma’ruza qilindi.
📊 Ma’ruzada oliy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligini baholash, ta’lim jarayonidagi o‘zgarishlarni statistik tahlil qilish hamda kelgusidagi rivojlanish tendensiyalarini prognozlash masalalariga e’tibor qaratildi.
🌐 Konferensiyada mamlakatimizdagi oliy ta’lim tashkilotlarining professor-o‘qituvchilari ham Zoom platformasi orqali masofaviy tarzda ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Bu esa ilmiy muloqot doirasini kengaytirish, tajriba almashish va dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat yaratdi.
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
Post #39434
1.65K






- ❤ 7