TGViewer
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Shahrisabz davlat pedagogika instituti @shdpiuz · 9.13K subscribers
Post #39410 1.41K
#Ilmiy_amaliy_konferensiya

⚙️ TA’LIMDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

😁 Ayni damda Shahrisabz davlat pedagogika institutida Matematika va amaliy matematika kafedrasi tashabbusi bilan “Ta’limda axborot texnologiyalari integratsiyasi: matematika va informatika fanini o‘qitishda raqamli transformatsiya muammolari va yechimlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

🔍 Konferensiyani institut rektori, professor Mash’al Saidov kirish so‘zi bilan ochib berib, ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, o‘qitishda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda ta’lim sifatini oshirishning dolzarb jihatlariga to‘xtaldi.

Shuningdek, Tabiiy fanlar kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) Abduqahhor G‘aniyev o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlar, ilmiy izlanishlar va innovatsion texnologiyalarning ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

Konferensiya dasturidan sun’iy intellekt imkoniyatlari, raqamli makonda xavfsizlikni ta’minlash, o‘quvchilarning kreativ fikrlashini rivojlantirish hamda ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni samarali tatbiq etishga bag‘ishlangan ma’ruzalar o‘rin olgan.

Mazkur ilmiy-amaliy anjuman ta’lim tizimida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va soha mutaxassislari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

📍 Konferensiyada ishtirokchilar an’anaviy shaklda hamda Zoom platformasi orqali masofaviy tarzda qatnashmoqda.

Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube
  • ❤ 5
  • 👍 2
  • 🔥 2
More from @shdpiuz
  1. Oct 16, 2026#kibermadaniyat 🚨 DIQQAT! MUHIM OGOHLANTIRISH! ⚠️ Kiberfiribgarlardan ehtiyot bo‘ling! ⚠️…
  2. Oct 16, 2026#kibermadaniyat ⚠️ “APK QO'RIQCHI” bilan mablag‘laringizni himoya qiling! 🔐 “Apk qo‘riqch…
  3. Oct 16, 2026#Diktant 📜🗞️📜 ONA TILIM — MILLIY G‘URURIM ✍️ O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan…
  4. Oct 16, 2026#Ilmiy_amaliy_konferensiya ⚙️ TA’LIMDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR 😁…
  5. Oct 16, 2026#Davra_suhbati #Xotin_qizlar_kengashi Inson qadri uchun 👧O‘Z KELAJAGING UCHUN O‘ZING MAS’…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →