#Xotin_qizlar_kengashi
Inson qadri uchun
👧O‘Z KELAJAGING UCHUN O‘ZING MAS’ULSAN
😁 Shahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakultetida “O‘z kelajaging uchun o‘zing mas’ulsan” mavzusida talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbir Ijtimoiy fanlar fakultetining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Dildora Axatova tomonidan tashkil etildi.
Suhbatda Filologiya fakulteti dotsenti, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Umida Xushvaqtova ishtirok etdi.
Suhbat davomida talaba-qizlarning kelajak oldidagi mas’uliyati, ta’lim olishga bo‘lgan intilishi, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari, hayotiy maqsadlarni to‘g‘ri belgilash hamda shaxsiy rivojlanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda inson qadrining jamiyatda munosib o‘rin egallashida bilim va izlanishning ahamiyati ta’kidlandi
Bizni kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram
|🪐 shdpi.uz | 📹You tube






